Viktor Malyasov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Malyasov Viktor Aleksandrovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Viktor Aleksandrovich Malyasov (1917.7.11, Toshkent — 1944, Brest) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, gvardiya mayori. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oʻqigan (1937—41). Toshkent umumqoʻshin komandirlari oliy bilim yurtini tugatgan (1942). Ikkinchi jahon urushi yillarida Gʻarbiy, Markaziy, Bryansk va Belorussiya frontlarida oʻqchi batalon komandiri. Ukraina va Belorussiyani ozod etishda qatnashgan. M. bataloni birinchilardan boʻlib Dneprni kechib oʻtgan. M. Varshava yaqinidagi jangda halok boʻlgan. Toshkentdagi koʻchalardan biri M. nomi bilan atalgan. Aviasozlik remonti zavodi hududida, harbiylar qabristoni memorialida kaxramonning byusti, M. yashagan uyda (Malyasov koʻcha, 3) va Toshkentdagi 43maktab binosida yodgorlik lavhasi oʻrnatilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil