Malta mexanizmi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Malta xochidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Malta mexanizmi, malta xochi (nomi Malta xochi — Malta ordeni timsolidan olingan) — uzluksiz aylanma harakatni uzlukli aylanma harakatga oʻzgartirib beruvchi qurilma; oʻzgartiruvchi (qayta hosil qiluvchi) mexanizmlar turiga kiradi. Asosan, yetakchi va yetaklanuvchi disklardan iborat. Yetakchi disk aylanib turganda uning barmogʻi maʼlum vaqt yetaklanuvchi disk (xoch)dagi radial (radius boʻyicha yoʻnalgan) oʻyiqqa kirib turadi va uni muayyan burchakka (60 yoki 90° ga) buradi. Barmoq radial oʻyiqdan chiqqanidan soʻng yetakchi disk yetaklanuvchi disk sirtida sirpanadi va uning harakatini toʻxtatadi. Malta mexanizmining disklar tashqi va ichki ilashadigan, disklarining shakli hamda barmoqlari va radial oʻyiklari soni har xil boʻlgan turlari bor. Malta mexanizmi kino qoʻyish apparatlarida va toʻxtab-toʻxtab ishlaydigan boshqa qurilmalarda qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil