Abram Malsev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Malsev Abram Moiseyevichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Abram Moiseyevich Malsev (1897.20.4, hozirgi Dogʻiston Respublikasi, Cheryurt shahri – 1963.25.7, Toshkent) – genetik olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir aʼzosi (1943), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan afonom (1943). Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakultetini tugatgan (1928). Soyuz NIXI Markaziy seleksiya stansiyasida assistent (1928–31), stansiya direktori (1932–37), OʻzSSR Yer ishlari xalq komissari oʻrinbosari (1937–40), OʻzSSR Davlat nazorati qishloq xoʻjaligi guruhining bosh nazoratchisi (1940-41), OʻzKP MK qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudiri (1941–42), Soyuz NIXI direktori (1942–55), Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi kafedrasi dotsenti va mudiri (1956–63). Ilmiy ishlari gʻoʻza genetikasi, urugʻchiligi, biologi-yasi, sistematikasi va geogr.si masalalariga bagʻishlangan.

Manbalar[tahrir]

  • Xlopchatnik i ispolzovaniye volokna, T., 1956.