Malpigi Marchello

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

MALPIGI (Malpighi) Marchello (1628.10.3, Krevalkore - 1694.30.11, Rim) — italiyalik biolog va vrach. London Qirollik jamiyati aʼzosi. Tibbiyot d-ri (1653-yildan), prof. (1656—91). Mikroskopda oʻsimlik va hayvonlar anatomiyasini oʻrganib, ularning hujayradan tuzilganligini taʼriflab berdi. Oʻrgimchaksimonlar, koʻpoyoqlilar va hasharotlar talogʻining limfa tanachalari, buyrak chigallarini, chiqarish organlarini (qarang Malpigi naychalari), terining oʻsish qavatini, shuningdek, oʻpka alveolalari, tildagi taʼm bilish soʻrgʻichlarini tavsifladi. Kapillyarlarda qon aylanishini aniqladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil