Malin Diaz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Malin Díaz
Malin Díaz
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Malin Sophie Díaz Pettersson[1]
Tavallud sanasi 3-yanvar 1994-yil (1994-01-03) (30 yosh)
Tavallud joyi Kiruna, Shvetsiya
Boʻyi 155 sm
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Djurgårdens IF
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Vendelsö IK
AIK
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2012 AIK 58 (5)
2013—2014 Tyresö FF 6 (0)
2014—2017 Eskilstuna United 63 (1)
2018– Djurgårdens IF 41 (0)
Milliy terma jamoa
Shvetsiya U19
2013 Shvetsiya U23 3 (0)
2014– Shvetsiya 16[2] (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(31-may uchun)

Malin Sophie Diaz Pettersson (1994-yil 3-yanvarda tugʻilgan) — shvetsiyalik yarim himoyachi, Djurgårdens IF jamoasida oʻynaydi. U avvalroq AIK, Tyresö FF va Damallsvenskanning Eskilstuna United DFF uchun klub darajasida oʻynagan. Diaz Shvetsiya ayollar futbol terma jamoasini xalqaro maydinda himoya qilgan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Malin 1973-yilgi davlat toʻntarishidan keyin sakkiz yoshida Chilidan Shvetsiyaga koʻchib oʻtgan shved Tomas Pettersson va Klaudiya Diazning farzandi hisoblanadi[3].

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diaz 15 yoshida Damallsvenskanda AIK uchun debyutini 2009-yil oktyabr oyida Sunnanå SKga qarshi oʻtkazdi. U birinchi oʻyinidan bir hafta oʻtgach, Kopparbergs/Göteborg FC ga qarshi sosiy tarkibda boshladi va oʻzining klubdagi birinchi golini ham kiritdi[4]. U 2009-yilgi mavsumni ikkita oʻyin oʻtkazdi, ularning birida asosiy tarkibda maydonga tushgan boʻlsa ikkinchisida zaxiradan maydonga tushdi va bitta gol muallifiga aylandi[5]. 2010-yilgi Damallsvenskan mavsumida AIKga qaytganidan soʻng, u 19 ta oʻyinda jami 1488 daqiqa oʻynagan holda 16 marta maydonga tushdi va ikkita gol urdi: biri 3-iyul kuni Kristianstadga qarshi oʻyinda, AIK 3:1 hisobida gʻalaba qozondi va ikkinchisi 19-sentyabr kuni Umea bilan 2:2 hisobida durang oʻynakdi[5].

2012-yil oktabr oyida AIKda o'ynagan

AIK quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, Diaz 2011-yilgi mavsumda Norrettanda 17 ta oʻyin oʻtkazdi, u yerda u ikkita golga mualliflik qildi hama beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Dias 2012-yilgi mavsum oldidan AIK bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi[4]. U 2012-yilgi mavsumda AIK safida jami 1656 daqiqa davomida 21 ta uchrashuvdan 19 tasida maydonga tushgan[5].

2013-yil yanvarida, 3–4–15 koʻrinishida mavsum yakunlanganidan soʻng, AIK yana quyi ligaga tushib ketdi, Dias liga chempioni Tyresyo bilan shartnoma imzoladi[6]. Uning fikricha, jamoaga kirish qiyin boʻlsa-da, Tayresyoning yulduz nomlari bilan birga mashgʻulotlar uni futbolchi sifatida takomillashtirgan[7]. U Tyresyo uchun debyutini 2013-yilning 19-mayida Sunnanå SKga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va uning yangi jamoasi 10:2 hisobida gʻalaba qozondi[5].

Diaz oʻzining zaxirad qoldirilishidan charchadi va 2014-yilda muntazam oʻynashni boshlashdan oldin Tyresyoni tark etishga qaror qildi[8]]. Tyresyoning 2014-yilgi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi finalida Volfsburgdan 4:3 hisobida magʻlub boʻldi. Tyresö 2014-yilda moliyaviy inqirozga uchradi va ligani tark etdi, barcha natijalarini oʻchirib tashladi hamda barcha futbolchilarini erkin agentga aylantirdi. 2014-yil iyun oyida Umeå IK Diaz bilan shartnoma imzolash boʻyicha muzokaralar olib borayotganini eʼlon qildi[9].

Buning oʻrniga Diaz yozgi tanaffusda Damallsvenskanning yangi kelgan Eskilstuna United DFF bilan shartnoma imzoladi. Eskilstuna - yuqoridagi jamoa va men ham bu jamoa bilan oʻsishda davom etishimni his qilyapman, deb taʼkidlab oʻtgan[10].

Xalqaro karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shvetsiya bilan 2014-yil may oyida

Shvetsiyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida Diaz 2012-yil U-19 Yevropa chempionatida ishtirok etdi. U Ispaniya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan shved jamoasining qoʻshimcha taymdagi goliga mualliflik qildi[11] UEFA turnirini yoritib kelayotgan muxbirlar Diazning texnikasi va toʻp uzatishini yuqori baholab, uni oʻnta porlab kelayotgan yulduzlar qatoriga kiritishdi[12].

2012-yilning dekabr oyida terma jamoa bosh murabbiyi Pia Sundhage Diazni Bosondagi yigʻinga chaqirdi[13]. Dias 23 yoshgacha boʻlgan Shvetsiya terma jamoasi safida ham ishtirok etgan[14].

Dias 2014-yil aprel oyida Shimoliy Irlandiyaga qarshi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati-2015 saralash bosqichi doirasidagi Shvetsiya terma jamoasi safida jarohat olgan Karolin Seger terma jamoadan chiqqanidan keyin chaqirilgan edi[15]. U Portadaunda jarohat vaqtida oʻrinbosar sifatida paydo boʻldi, va oʻzining birinchi kattalar jamoasidebyutini amalga oshirdi[16]. Dias Blågult uchun birinchi oʻyinini 2014-yilning iyun oyida Farer orollari ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda amalga oshirgan[17].

2015-yil may oyida Dias va Eskilstuna jamoadoshlari Oliviya Shof va Sara Tunebro 2015-yilda Kanadada boʻlib oʻtadigan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun Sandhagening Shvetsiya terma jamoasiga chaqiruv olishdi[18].

Shvetsiya-Daniya

Xalqaro maydondagi gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gol Sana Manzil Raqib # Hisob Natija Musobaqa
 1 2015-09-22   Gothenburg, Shvetsiya Polsha Polsha 1.1 Andoza:Sortfbs Andoza:Sortfbs Yevro-2017 saralashi

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shvetsiya Shvetsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati (1): 2012-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 2015">„List of Players - 2015 FIFA Women's World Cup“. Fédération Internationale de Football Association. 10-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2015-yil.
  2. „Damlandslagsspelare 1973–2017“. svenskfotboll.se. Qaraldi: 14-dekabr 2019-yil.
  3. Sasso. „Malin Díaz, la chilena que se luce en el fútbol sueco“ (ispancha). Las Últimas Noticias (25-fevral 2014-yil). Qaraldi: 21-iyun 2014-yil.
  4. 4,0 4,1 Mellerborg. „Malin Diaz förlänger“ (shvedcha). AIK (13-yanvar 2012-yil). 26-sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-sentabr 2013-yil.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 „Malin Diaz“. Soccerway. Qaraldi: 15-sentabr 2013-yil.
  6. „Christen Press och Malin Diaz klara för Tyresö“. Tyresö FF. Qaraldi: 15-sentabr 2013-yil.
  7. Nilsson. „Malin Diaz förklarar: Därför blir det Tyresö“ (shvedcha). Damfotboll.com (5-yanvar 2013-yil). 9-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-sentabr 2013-yil.
  8. Nilsson. „Tog Tyresö till final – var nära att lämna“ (shvedcha). Aftonbladet (27-aprel 2014-yil). Qaraldi: 21-iyun 2014-yil.
  9. Johansson. „Malin Diaz kan ha hittat sin klubb“ (shvedcha). Sveriges Television (18-iyun 2014-yil). Qaraldi: 21-iyun 2014-yil.
  10. Hasselgren, Fredrik. „Malin Diaz nystart i Eskilstuna“ (shvedcha). Damfotboll.com (18-avgust 2014-yil). Qaraldi: 31-may 2015-yil.[sayt ishlamaydi]
  11. Crompton. „Sweden match-winner Diaz realises dream“. Uefa.com. UEFA (15-iyul 2012-yil). Qaraldi: 11-sentabr 2013-yil.
  12. „Ten emerging talents from women's U19 finals“. Uefa.com. UEFA (15-iyul 2012-yil). Qaraldi: 21-sentabr 2013-yil.
  13. „Sundhage tar med 17-åring på lägret“ (shvedcha). Expressen (17-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 11-sentabr 2013-yil.
  14. „U23 damlandslagets spelare 2013“ (shvedcha). Swedish Football Association (11-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 11-sentabr 2013-yil.
  15. Nilsson. „Segers skada ger Malin Diaz en plats i VM-kvaltruppen“ (shvedcha). Damfotboll.com (31-mart 2014-yil). Qaraldi: 21-iyun 2014-yil. [sayt ishlamaydi]
  16. „Tre säkra poäng i Portadown“ (shvedcha). Swedish Football Association (5-aprel 2014-yil). Qaraldi: 21-iyun 2014-yil.
  17. „Diaz in i startelvan“ (shvedcha). Svenska Dagbladet (18-iyun 2014-yil). Qaraldi: 21-iyun 2014-yil.
  18. Lundin, Josefin. „Tre spelare från Eskilstuna United uttagna till VM i Kanada“ (shvedcha). Sveriges Radio (11-may 2015-yil). Qaraldi: 31-may 2015-yil.