Malika Abdullaxoʻjayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Malika Samadovna Abdullaxoʻjayeva
Tavalludi 28-noyabr 1932-yil
Vafoti 28-iyun 2018-yil(2018-06-28)
(85 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Rossiya, SSSR va Oʻzbekiston
Mukofotlari Oʻzbekiston qahramoniMehnat shuhrati ordeni«Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»

Malika Samadovna Abdullaxoʻjayeva (1932.28.11, Moskva — 2018.26.06) – patolog-anatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000). Tibbiyot fanlari doktori (1968), professor (1970). Oʻzbekiston qahramoni ordeni bilan taqdirlangan. Toshkent tibbiyot akademiyasini bitirgan (1956). Toshkent tibbiyot akademiyasi Markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasi mudiri (1960—1962), Oʻzbekiston rentgenologiya, radiologiya va onkologiya ilmiy tadqiqot instituti patomorfologiya va gistoximiya laboratoriya mudiri (1963—1969), Toshkent tibbiyot akademiyasi (1969—1990), 1990-yildan 2-Toshkent tibbiyot akademiyasi patologik anatomiya kafedrasi mudiri. Abdullaxoʻjayevaning ilmiy ishlari, asosan nerv sistemasining immunopatologiyasi, geografik patologiya va tibbiyot tarixi masalalariga bagʻishlangan, Oʻzbekistonda tibbiyot sohasidagi yangi yoʻnalish – transplantatsiyaviy immunopatologiya asoschisi. Oʻzbek va rus tillarida chop etilgan birinchi patologik anatomiya darsligining muallifi (1997). Kaliforniya shtatining faxriy fuqarosi (1986-yildan)[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Malika Abdullaxoʻjaeva 1932-yil 28-noyabrda Moskvada Sharq mehnatkashlari kommunistik universiteti talabalari oilasida tugʻilgan[2].

Abdullaxoʻjaeva 1950-yilda Toshkent shahridagi 110-sonli oʻrta maktabni oltin medal bilan, Toshkent davlat tibbiyot instituti (ToshGoSMI)ning davolash fakultetini (1956, imtiyozli diplom), SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasi Miya instituti (gistokimyo laboratoriyasi) aspiranturasini (1960) tamomlagan[2]. 1960-yil 27-dekabrda SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasining Tibbiyot-biologiya boʻlimi ilmiy kengashida tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi[2].

1968-yilda Abdullaxoʻjaeva doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1970-yilda professor unvonini oldi.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdullaxoʻjaeva 1963-yildan 1969-yilgacha Toshkent davlat tibbiyot institutida ishlagan. U bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston SSR Sogʻliqni saqlash vazirligi Radiologiya, radiobiologiya va onkologiya ilmiy-tadqiqot instituti patomorfologiya boʻlimi bilan gistokimyo laboratoriyasini boshqargan[2].

1969-yildan boshlab Abdullaxoʻjaeva Toshkent davlat tibbiyot instituti patologik anatomiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 1990-yilda institut boʻlinganidan soʻng 2-ToshMI patologik anatomiya kafedrasiga mudirlik qilgan, 2000-yilgacha bu kafedraga rahbarlik qilgan[3]

Abdullaxoʻjaeva 1972—1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh patologoanatomi lavozimida ishlagan[4].

1995-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi, 2000-yilda esa haqiqiy aʼzo (akademik) etib saylangan.

Abdullaxoʻjaeva koʻplab uslubiy qoʻllanmalar va darsliklar, jumladan chet ellik talabalar uchun, stomatologiya fakulteti talabalari uchun atlas muallifi. Abdullaxoʻjaeva 1997—1999-yillarda tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining 3-kurs talabalari uchun „Odam patologiyasi asoslari“ nomli birinchi oʻzbekcha ikki jildlik oʻquv qoʻllanmasini nashr ettirdi[4].

Malika Abdullaxoʻjaeva 2018-yil 26-iyun kuni vafot etdi.

Mukofot va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdullaxoʻjaeva – Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). „Shavkatli mehnat uchun“ medali (1970), „Hurmat Belgisi“ ordeni (1976), „Mehnat faxriysi“ medali (1984), „Oliy ta’lim a’lochisi“ (2000), Mehnat shuhrati ordeni (2003) orden, medal va koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan[3] 2006-yilda „Oltin yulduz“ ordeni bilan „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni berilgan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]