Kontent qismiga oʻtish

Malik Nabiyev (kimyogar)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Malik va familiyasi Nabiyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Malik Nabiyevich Nabiyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-yanvar 1913-yil
Toshkent
Vafoti 12-oktyabr 1992-yil(1992-10-12)
(79 yoshda)
Toshkent
Siyosiy partiyasi KPSS
Taʼlim Ivanovo kimyo-texnologiya instituti (1935)
Kasbi kimyogar olim
Ilmiy unvoni Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi
texnika fanlari doktori
Mukofotlari

Malik Nabiyevich Nabiyev (1913.18.1 — Toshkent — 1992.10.1) — kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1956), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1963), texnika fanlari doktori (1955), professor (1956). Ivanovo kimyo-texnologiya institutini tugatgan (1935). Donbassdagi Gorlovka oʻgʻit zavodida ishlagan (1940). Chirchiq elektr kimyo kombinatida bosh muhandis (1940—1943), Chirchiq shahar partiya qoʻmitasi kotibi (1943—1944), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Plan komissiyasi raisining birinchi oʻrinbosari (1944—1947), Respublika Ministrlar Soveti boshqarmasi boshligʻi (1948), Chirchiq elektr kimyo kombinati bosh muhandisi (1948—1951). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi kimyo institutida laboratoriya (boʻlim) mudiri (1951—1986), bosh ilmiy xodim (1986-yildan), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi kimyo-texnologiya fanlari boʻlimi akademigi-kotibi (1952—1956, 1966—1986). Asosiy ilmiy ishlari yangi mineral oʻgʻitlar turlarini olish, oʻgʻitlar sifatini yaxshilash, murakkab oʻgʻitlardan ratsional foydalanishga oid. Nabiyevning qovushoqlanib (yopishib) qolmaydigan ammiak selitrasi olish usuli Chirchiq elektr kimyo kombinatida va boshqa korxonalarda amaliyotda qoʻllandi. Nabiyev oʻz shogirdlari bilan birgalikda ammoniylashtirilgan superfosfat olish usulini ishlab chiqdi va uni Qoʻqon, Jambul, Samarqand hamda Chorjoʻy kimyo zavodlarida amalga oshirdi. Fosfat xom ashyosini nitrat kislota bilan parchalab, qattiq va suyuk, murakkab oʻgʻitlar (SUM-I, SUM-P, SUM-P1, SUM-IV, SUM-V) ni ishlab chiqarish texnologiyasiga asos soldi, chigit tarkibidagi moy moddalarini koʻpaytirishga taʼsir etuvchi "SAKS" defoliantini ixtiro qildi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1968).

  • Azotnokiyelotnaya pererabotka fosfatov, T., 1957; Ammonizorovanniy superfosfat iz fosforitov Karatau, T., 1960; Kaliynie soli Tyubegatana, T., 1965; Kondesirovannie fosfati i udobreniya na ix osnove (B. M. Beglov, A. T. Zdukos bilan hamkorlikda), T., 1974.
  • Axmerov Q. Oʻzbekiston kimyogarlari, T., 1974.