Malik Leon Tillman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Malik Leon Tillman - amerikalik va nemis futbolchi hisoblanadi (nemischa: Malik Leon Tillman Nyurnberg). U 2002-yilning 28-mayda Germaniyada tugʻilgan futbolchi. Myunxenning "Bavariya" klubida va AQSH terma jamoasida ijara asosida Shotlandiya „Reynjers“ jamoasida hujumchi sifatida, yaʼni toʻp surgan futbolchi sifatida oʻynaydi.

Klub faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tillman „Groyter Furth“ va "Bavariya" klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2021-yil 25-avgust kuni Bremer Germaniya kubogi o‘yinida u ikkinchisining asosiy jamoasi safida debyut qilgan edi[1]. Oʻsha oʻyinda Malik „Bavariya“ safidagi ilk bor oʻz golini urgan edi. 14-dekabr kuni „Shtutgart“ga qarshi oʻyinda u Bundesligada debyut qildi[2].

Jamoa faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilda Germaniya yoshlar terma jamoasi bilan Tillman Irlandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Evropa chempionatida ishtirok etgan edi. Turnirda u Italiya[3]va Ispaniya[4]jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi.

Malikning otasi amerikalik[5]. 2022-yil 31-mayda u FIFAdan AQSh terma jamoasini himoya qilish uchun rasmiy ruxsat oladi[6]. U ertasi kuni esa, Marokash terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida „Yulduzlar va chiziqlar“ tarkibida debyut qildi va ikkinchi boʻlimda Kristian Pulishich oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan holda toʻp surib oʻyinga tushadi[7].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meksika chempioni. Klausura 2017-yil. Meksika kubogi sohibi. Klausura 2013, Apertura 2015, Klausura 2017, Meksika Superkubogi sohibi, 2016-yil KONKAKAF Chempionlar ligasi gʻolibi, 2018-yil KONKAKAF Oltin kubogining bronza medali sovrindori 2013-2017-yillarda sovrindori boʻlgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Бремер VS. Бавария 0:12“ (en). soccerway.com (2021-yil 25-avgust). 2022-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-aprel.
  2. „Штутгарт VS. Бавария 0:5“ (en). soccerway.com (2021-yil 14-dekabr). 2022-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-aprel.
  3. „Германия (до 17) VS. Италия (до 17) 1:3“ (en). soccerway.com (2019-yil 4-may).
  4. „Испания (до 17) VS. Германия (до 17) 1:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 7-may). 2021-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-may.
  5. „Bayern Munich youngster Malik Tillman to play for the USA“ (en). Bundesliga (2022-yil 19-may). 2022-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-iyun.
  6. „Bayern Munich's Malik Tillman cleared to represent USMNT after FIFA approves switch from Germany“ (en). ESPN (2022-yil 31-may). 2022-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-iyun.
  7. „U.S. Men’s National Team Tops World-Cup Bound Morocco 3-0 In Cincinnati“ (en). U.S. Soccer (2022-yil 1-iyun). 2022-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-iyun.