Mali (qadimgi davlat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mali — oʻrta asrlarda Gʻarbiy Sudanda Senegal va Niger daryolari yuqori havzasida mavjud boʻlgan davlat (taxminan 8—17-asrlar). Ilk bor al-Yaʼqubiy (9-asr) tomonidan Mallal nomi bilan qayd etilgan. 13-asr 1 -choragigacha Gana davlatiga qaram boʻlgan. 14-asr 1-choragida (M. davlatining eng ravnaq topgan davri) M. hududi Atlantika okeanidan AdrarIforas platosigacha choʻzilgan. Bu davr uchun M. davlatining batafeil bayonini arab tarixchilari ul-Umariy va Ibn Battuta asarlarida uchratish mumkin. M.da ilk mulkdorlik munosabatlari hukmron boʻlgan; qulchilik ham mavjud edi. M. iqtisodida Shim. Afrika va Misr bilan karvon savdosi muhim oʻrin egallagan; asosan, oltin va qullar chiqarilgan, chetdan esa tuz va hunarmandlik buyumlari keltirilgan. Yirik markazlari (Jenis, Tombuktu, Gao)da Gʻarbiy Sudanning madaniy rivojida muhim rol oʻynagan musulmonlar manzilgohlari (koloniyalari) mavjud boʻlgan, 14-asrning 60-yillaridan oʻzaro ichki nizolar natijasida M. tanazzulga uchray boshlagan, 16-asrda M. Songan davlatiga qaram boʻlib qolgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil