Kontent qismiga oʻtish

Malayziya tili

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Malayziya tiliavstronez tillari oilasiga mansub, Malakka yarim orol va unga yaqin orollarda, Shimoliy Kalimantanda tarqalgan. Malayziya Federatsiyasining rasmiy tili hisoblangan, 10 mln.dan ziyod kishi soʻzlashuvchi til; 1969-yilgacha u bilan birga "malayya tili" termini ham qoʻllangan. Malayziya tili Malakka yarim oroldagi malay lahjalari, xususan, joxor lahjasi asosida rivojlanib kelmoqda. Bu laxja baʼzi tovushlari, fo-netik uzgarishlari va grammatik belgilari bilan adabiy tildan farq qiladi. Adabiy tilda bogʻlovchi va old koʻmakchilar miqdorining koʻpayishi, murakkab sintaktik tuzilmalarning rivojlanishi kuzatiladi; barcha sathlarda (terminologiya, soʻz yasalishi, sintaktik qoliplar va boshqalar) indonez tilining taʼsiri seziladi. Lugʻat tarkibida arab va ingliz tillaridan oʻzlashmalar anchagina, terminlarning aksariyati inglizcha birikmalar qoli-pi asosida yaratilmoqda. Yozuvi lotin alifbosiga asoslangan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil