Malayziya shaharlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Malayziyada shaharlar shahar kengashi tomonidan boshqariladi , biroq bir qancha cheklovlar mavjud. 2022-yil holatiga ko'ra, mamlakatdagi 19 ta hudud qonun bo'yicha rasman shaharlar deb e`lon qilingan. Ulardan 16 tasi Malayziya yarim orolida , 3 tasi Sharqiy Malayziyada joylashgan . Penang poytaxti[1] Jorj Taun 1957-yil 1-yanvarda Yelizaveta II tomonidan ilk yangi shahar deb e'lon qilingan. Jorj Taun 1963-yilgacha Singapur[2] rasman Malayziya tarkibida bo`lgunga qadar Malayyaning yagona shahri bo'lib qoldi . Biroq, 1965-yilda Singapurning haydab chiqarilishi Jorj Taun Malayziyaning beshinchi Yang di-Pertuan Agongya`ni Malayziya Qiroli Kedadan Abdul Halim tomonidan 1972-yilda Kuala-Lumpur shahar deb e'lon qilinmaguncha Malayziyaning yagona shahri bo'lib qolishini anglatar edi. Kuantan - 2021-yil fevral oyida rasman shahar deb e'lon qilingan Malayziyadagi eng so'nggi munitsipalitetlaradn biri.

Mamlakat bo'ylab shahar maqomiga ega bo'lmagan, lekin ba'zan shaharlar deb ataladigan yuqori darajada urbanizatsiyalangan va aholi zich joylashgan hududlar ham mavjud. Rasmiy ravishda bu hududlar munitsipalitetlar[3] yoki shaharchalar deb atashgan.

Joriy shaharlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Jorj Taun ilgari Tanjung Penaga nomi bilan tanilgan Malayziyaning Penang shtatining poytaxti hisoblanadi . Jorj Taunning 2010-yil holatiga ko'ra,708 127 aholiga ega bo'lgan Malayziyaning oltinchi eng gavjum shahri bo'lsa, 2 412 616 aholisi bo'lgan Katta Penang esa Buyuk Kuala-Lumpurdan keyin mamlakatdagi ikkinchi yirik shahardir . Jorj Taunning 2008-yilda YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.[4]
  2. Kuala-Lumpur Federal hudud hisoblanib soʻzlashuvda "KL" deb ataladi. Shuningdek ushbu shahar Malayziyaning tantanali, qonun chiqaruvchi va sud poytaxti hisoblanadi. Bu Osiyodagi eng tez rivojlanayotgan shaharlardan biri va Malayziyadagi eng yirik shahar boʻlib, 243 km 2 (94 sq milya) maydonni egallaydi, 2020-yilgi holatiga koʻra, aholi 1 982 112 kishini tashkil etadi .Bu Janubi- Sharqiy Osiyodagi aholi soni va iqtisodiy rivojlanishi boʻyicha eng tez oʻsayotgan metropoliyalardan biridir [5]
  3. Ipoh — Malayziyaning Perak shtatining poytaxti . Kinta daryosi bo'yida joylashgan bo'lib , u Kuala-Lumpurdan deyarli 180 km (110 milya) shimolda va qo'shni Penangdagi Jorj Taundan 123 km (76 milya) janubi-sharqda joylashgan . 2010-yilgi holatiga ko'ra , Ipoh 657,892 aholiga ega bo'lib, u aholi soni bo'yicha Malayziyadagi to'rtinchi yirik shaharga aylandi .
  4. Kuching - rasmiy nomi Kuching shahri deb nomlanib, Malayziyaning Saravak shtatidagi poytaxti va eng gavjum shahar . Shuningdek, Kuching diviziyasining poytaxtidir . Shahar Saravak daryosi bo'yida , Saravak shtatining janubi-g'arbiy uchida, Borney orolida joylashgan va 431 kvadrat kilometr (166 kvadrat milya) maydonni egallaydi, uning aholisi Shimoliy Kuching ma'muriy hududida 165,642 va Kuchingda 159,490 kishini tashkil qiladi. Janubiy ma'muriy hudud aholisi jami 325 132 kishini tashkil etadi.
  5. Johor Bahru ogʻzaki tilda JB deb ataladi , Malayziyaning Johor shtatining poytaxti . Malayziya yarim orolining janubiy tarfida, Johor bo'g'ozi bo'ylab joylashgan . Shaharda 1 711 191 kishi istiqomat qiladi . Johor Bahru Iskandar Puteri va Pasir Gudang shaharlariga tutashgan bo'lib , ularning atrofi Malayziyaning ikkinchi yirik shahar aglomeratsiyasi - 2,500,000 aholiga ega Iskandar Malayziyani bog'lab turadi.
  6. Putrajaya- Malayziyaning maʼmuriy poytaxti va sud poytaxti sifatida faoliyat yurituvchi rejalashtirilgan poytaxt shahar . Malayziya federal hukumatining qarorgohi 1999-yilda Kuala-Lumpurdan birinchisida gavjum va tirbandlik tufayli Putrajayaga koʻchirilgan, Malayziya sud hokimiyati qarorgohi esa 2003-yilda Putrajayaga koʻchirilgan. Kuala-Lumpur konstitutsiyaga koʻra, Malayziyaning milliy poytaxti boʻlib qoladi va hanuzgacha davlat boshligʻi (Yang di-Pertuan Agong) va milliy qonun chiqaruvchi organ (Malayziya parlamenti) joylashgan , shuningdek, mamlakatning tijorat va moliyaviy markazi sifatida qolishi belgilangan.[6]

Shuningdek, Kota Kinabalu, Shoh Alam, Malakka shahri, Alor Setar, Miri, Petaling Jaya, Kuala-Terangganu[7],Seberang Perai,Seremban[8],Subang[9], Kuantan va Pasir Gutang[10] kabi shaharlari mavjud.[11]


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Subang Jayaning shahar deb nomlanishi
  2. Johor Sultoni Pasir Gudangni shahar deb e`lo nqildi
  3. Kuala-Terengganuning shahar deb e`lon qilinishi