Kontent qismiga oʻtish

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

Amaldagi lavozim egasi
Eʼzozxon Karimova
Qarorgoh Toshkent shahri
Lavozim muddati belgilanmagan
Taʼsis etilgan sanasi

1991-yil (Xalq taʼlimi vaziri sifatida)

2023-yil 1-yanvar
Vebsayt uzedu.uz/y3/leaders/index

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatiga rahbarlik qiladi. 1991-yilda Xalq taʼlimi vaziri lavozimi sifatida taʼsis etilgan. 2023-yil 1-yanvardan Xalq taʼlimi vazirligi negizida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tuzilgach, lavozim taʼsis etilgan[1]. Amaldagi vazir – Eʼzozxon Karimova[2].

  • Oʻzbekistondagi maktabgacha va maktab taʼlimiga oid yagona davlat siyosatini yuritish
  • Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, taʼlim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini oʻquv-tarbiya jarayoniga joriy etish ishlariga rahbarlik qilish
# F. I. Sh Boshlanish Tugashi Muddat Lavozimi
1 Joʻra Yoʻldoshev 22.07.1991 11.08.2000 9 yil 1 oy Xalq taʼlimi vaziri
2 Risboy Joʻrayev 11.08.2000 7.05.2004 3 yil 8 oy Xalq taʼlimi vaziri
3 Turobjon Joʻrayev 7.05.2004 26.03.2008 3 yil 10 oy Xalq taʼlimi vaziri
4 Gʻayrat Shoumarov 28.04.2008 26.02.2010 1 yil 9 oy Xalq taʼlimi vaziri
5 Avazjon Marahimov 2.03.2010 30.06.2011 1 yil 3oy Xalq taʼlimi vaziri
6 Temur Shirinov 4.07.2011 7.02.2013 1 yil 7oy Xalq taʼlimi vaziri
7 Ulugʻbek Inoyatov 7.02.2013 20.06.2018 5 yil 4 oy Xalq taʼlimi vaziri
8 Sherzod Shermatov 20.06.2018 17.11.2021 3 yil 4 oy Xalq taʼlimi vaziri
9 Baxtiyor Saidov 17.11.2021 30.12.2022 1 yil 1 oy Xalq taʼlimi vaziri
10 Hilola Umarova 30.12.2022 14.07.2025 2 yil 6 oy Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri[3]
  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. „Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“. Lex.uz. Qaraldi: 9-dekabr 2024-yil.
  2. „Раҳбарият“. uzedu.uz. Qaraldi: 9-dekabr 2024-yil.
  3. „O‘zbekistonning barcha xalq ta’limi vazirlari — bitta suratda“. Daryo.uz. Qaraldi: 9-dekabr 2024-yil.