Maktabdan tashqari taʼlim muassasalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Maktabdan tashqari taʼlim muassasalari - bolalar va oʻsmirlar bilan maktabdan tashqari ish olib boruvchi ijtimoiytashkiliy va instruktiv-metolik muassasalar. Maktab bilan yaqindan boglanib ish yuritadi. Maktabdan tashqari taʼlim muassasalarit.m. ga bolalar, oʻsmirlar ijoliyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, sanʼat maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, soglomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi. Ular yil boʻyi ishlayli. Bolalar va oʻsmirlarning yakka tartiblagi ehtiyojlarini qondirish, ularning boʻsh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari. jamoat birlashmalari. shuningdek, bo!iqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yoʻnalishlarla Maktabdan tashqari taʼlim muassasalarit.m.ni tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari taʼlim muassasalarit.m.da umumiy oʻrta taʼlim maktablarining barcha sinf oʻk,uvchilari oʻz ixtiyorlari bilan maktab oʻquv dasturidan tashqari qoʻshimcha fanlar, sanʼat turlari, badiiy hunarmandchilik va boshqa kasb-hunar, sport turlarini oʻrganadilar. Maktabdan tashqari taʼlim muassasalarit.m.da oʻquvchilar uchun turli yoʻnalishlar boʻyicha toʻgarak, klub, studiya, ansambl, guruh va shahrik. tashkil qilinadi. Maktabdan tashqari taʼlim muassasalarit.m. OʻzR Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan meʼyoriy hujjatlarga muvofiq faoli-yat olib borali. Oʻzbekistonda 621 Maktabdan tashqari taʼlim muassasalarit.m. faoliyat koʻrsatadi; ularda 200 dan ortiq maktabdan tashqari taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 33 mingdan ziyod turli toʻgarak, klub, seksiya, studiya, ansambl va boshqa ijodiy uyushmalar tashkil etilgan. 2002/2003 oʻquv yili boshida Maktabdan tashqari taʼlim muassasalarit.m. da taʼlim oluvchilar 715 ming oʻquvchini tashkil etdi.

Saidqosim Usmonov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil