Kontent qismiga oʻtish

Maktab (fan va sanʼatda)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Maktab (arabcha: مكتب) — fan, adabiyot, sanʼat, ijtimoiy-siyosiy hayot va shu kabilarda oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan yoʻnalish, oqim (masalan, geolog olim Habib Abdullayev maktabi va hokazo). Maktab atamasi, shuningdek, rang-tasvir, haykaltaroshlikka, oʻziga xosligi aniq ifodalangan shahar yoki maʼlum viloyat meʼmorligiga, u yoki bu darajada aniq, uslubiy va tarixiy chegaralariga ega boʻlgan butun bir mamlakatning milliy sanʼatiga nisbatan ham qoʻllanadi (masalan, Hirot miniatyura maktabi)[1].

  1. „Maktab (fan va sanʼatda)“ OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil