Maksimilian Shteynberg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Maksimilian Oseyevich Shteynberg [1883.22.6 (4.7), Vilnyus 1946.6.12, Leningrad] — kompozitor, professor (1915), sanʼatshunoslik fanlari d-ri (1943). Rossiyada xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1934), Oʻzbekiston xalq artisti (1944). Peterburg konservatoriyasini tugatgach (1908), shu konservatoriyada pedagog, dekan (1917—31), direktor muovini (1934— 39), kompozitsiya kafedrasi mudiri (1939 yildan) boʻlib, M. Ashrafiy, V. Uspenskiy, Yevgeniy Brusilovskiy, D. Shostakovich va boshqalarga ustozlik qilgan. 1941 — 45 yillarda Toshkentda yashagan. Balet ("Metamorfoza", "Til Ulenshpigel", "Saroymulkxonim"), poemaoratoriya ("Osmon va Yer"), kantata ("Suv parisi" va boshqalar), simfoniya ("Turksib", 16 ta oʻzbek xalq va Hamza, K. Jabborov, S. Kalonov kuylarini ichiga olgan 5 "Simfoniyarapsodiya" va boshqalar), uvertyura (jumladan, "Tohir va Zuhra"), romans, qoʻshiqlar, oʻzbekcha marsh va boshqalar muallifi. Uning turli xalqlar (mas, rus, oʻzbek, ozarbayjon, ispan, venger va boshqalar)ning ovoz va orkestr hamda turli cholgʻular uchun qayta ishlagan qoʻshiqlari maʼlum. Qator ilmiy (xususan, oʻzbek kuylaridan unumli foydalanishga oid) tadqiqot va maqolalar yozgan.

Manbalar[tahrir]