Makrosʼyomka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Makrosuratga olishdan yoʻnaltirildi)

Makrosʼyomka, makrosuratga olish — koʻzga koʻrinadigan (makro-skopik) narsalar (obyektlar yoki detallar) ni oddiy suratga olishdagiga nisbatan yirikroq (1:5 dan 20:1 gacha) masshtabda fotosuratga olish yoki ki-notasvirga tushirish. Odatda, mayda va oʻrtacha kattalikdagi narsalar uchun qoʻllaniladi. M. qisqa masofa (optik tizimning 6,0—1,05 fokus masofasi)dan turib bajariladi. M. obyekt yoki detallarning oddiy koʻz bilan ilgʻab boʻlmaydigan qismlari yoki tuzilishini suratdagi tasvir yoki ekranda koʻrsatishga imkon beradi. M.da obyektlarni parallakssiz (oʻzgarishsiz) qayd qilish (qarang Parallaks) qurilmasi bilan taʼminlangan foto- va kinoapparaturalardan foydalaniladi. Bu apparatlarning obyektivlari qisqa fokusli (fokus masofasi 20 mm dan kichik) yoki oddiy (fokus masofani qisqartiruvchi linzali) boʻladi. M., asosan, ilmiy tadqiqot ishlari uchun ilmiy-ommabop va oʻkuv filmlari yaratishda, texnik maqsadlarda qoʻllaniladi. MAKROEVOLYUSIYA (mokro... va evolyusiya) — turlardan yuqori taksonlar [urugʻlar (turkumlar),oilalar, turkumlar (tartiblar), sinflar va boshqa]ning hosil boʻlishiga olib keladigan evolyusion jarayon. "M" termini rus biologi Yu. A. Filipchenko (1927) tomonidan taklif etilgan boʻlib, ayrim olimlar unga oʻziga xos jarayon sifatida qarashadi. Lekin koʻpchilik olimlarning fikricha, M. oʻziga xos mexanizmga ega boʻlmasdan, faqat mikroevolyusiya jarayonlari orqali amalga oshadi; mikroevolyusiya jarayonlari toʻplana borib, M. koʻrinishida ifodalanadi. M. evolyusion oʻzgarishlarning tarixan uzoq davom etadigan umumlashmasidan iborat. Shu sababdan M.da organik dunyo evolyusiyasining mikroevolyusiya darajasida kuzatib boʻlmaydigan umumiy xususiyatlari, yoʻnalishlari va qonuniyatlari yaqqol namoyon boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil