Merkitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Makritlardan yoʻnaltirildi)

Merkitlar, markitlar, makritlarMarkaziy Osiyoda oʻrta asrlarda yashagan eng jangovar va koʻp sonli qabilalardan biri. 12-asr oxiri — 13-asr boshlarida Selenga daryosining boʻylarida M.ning 3 qabilaviy ittifoqi (uduit, kaat va uvas) mavjud boʻlgan. Uduit — M. 4 uruqqa boʻlingan: uykur, mudan, tudakli va jiyun. Ularning xoni Toʻqtabegi (Toʻxtabiki) boʻlgan. M. yaqin qoʻshnilari — keray-m/ilar, tatarlar va moʻgʻullar (xitoycha munglar) bilan doim urushib turgan. Hujumlarning birida ular Chingizxonning xotini Borteni asirga olishgan. Keyinchalik kerayitlar xoni Vanxon Toʻgʻril Borteni Chingizxonga qaytarib yuborgan. M. 1204-yilda Chingizxon tomonidan butunlay tormor etilgan. Chingizxonning suyukli xotinlaridan biri — Kulon xotun M.dan boʻlgan. 13-asrda M.ning maʼlum qismi Movarounnahrga koʻchib oʻtgan va keyinchalik Amir Temur qoʻshinlari tarkibida harbiy yurishlarda qatnashganlar. M.ning qolgan qismlari turli xalqlar: moʻgʻul, qozoq, qirgʻiz, oʻzbeklarning tarkibiga singib ketishgan. M. kerayitlar bilan aralashib oʻzbeklarning kenagas urugʻi tarkibiga, argʻin va baʼzi turkman urugʻlari bilan aralashib oʻzbeklarning laqay urugʻi tarkibiga qoʻshilgan. 1926-yil Turkmanistonning Chorjoʻy tumanida 2780 merkit qayd etilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Rashid-addin, Sobraniye letopisey,t. 1, ch.1, M., 1952;
  • Sultonov T. S, Kochevie plemena Priaralya v 15—17 vv., M., 1982;
  • Tataromongoli v Azii i Yevrope, M., 1977.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil