Makovskiy Vladimir Yegorovich 11846.26.1

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Makovskiy Vladimir Yegorovich 11846.26.1 (7.2), Moskva - 1920.21.2, Petrograd| — rus rassomi, rus rangtasvirida maishiy janrning yirik ustasi. Peterburg BA qaqiqiy aʼzosi (1893). Moskva rassomlik, xaykaltaroshlik va meʼmorlik bilim yurtida oʻqigan (1861—66), shu yerda, keyinchalik Peterburg BAning Oliy rassomlik maktabida dare bergan (1894—1918; 1895 yildan rektor). M. dastlabki asarlaridayoq ("Shifokor qabulxonasida", 1870; "Bulbul ishqibozlari", 1872—73 va boshqalar) uning ziyrakligi, yumorni chuqur his qilishi, kundalik turmushni haqqoniy. hayotiy tasvirlay olishi yaqqol namoyon boʻldi. 1870-yillardan ijodida asosiy mavzu — shahar hayotini aks ettirdi: "Kutish" (1875), "Maqkum" (1879), "Bankning sinishi" (1881), "Uchrashuv" (1883), "Yoʻlkada" (1886—87) va boshqa M. asarlarida plener rangtasviriga yaqinlashdi, demokratik karashlarini "Volgada" turkum asarlarida ifoda etdi; portret va illyustratsiya (grafika) janrida ham samarali ijod qildi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil