Makedon koʻprigi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Makedon koʻprigi — Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanida joylashgan tarixiy koʻprik. XVI asrda Abdullaxon II davrida bunyod etilgan. Yo‘lovchi, transport va suv o‘tishi uchun mo‘ljallangan bu inshoot o‘tmishdagi ajdodlar meʼmorchilik sanʼatining noyob durdonasi sifatida nafaqat mahalliy, balki xorijlik sayyohlarda ham katta qiziqish uyg‘otib keladi. Keng va baland ko‘prik pishiq g‘ishtdan yuksak mahorat va did bilan barpo etilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Iskandar (Aleksandr Makedonskiy) eramizdan avvalgi 327-yilda Termiz shahrini bosib oladi va unga Aleksandriya nomini beradi. Xullas, yodgorlikning qisqacha tarixi bitilgan lavhaga yozib qo‘yilganidek, uni Aleksandr Makedonskiy nomi bilan atasalar-da, lekin ko‘prikning Iskandar Zulqarnaynga hech qanday aloqasi yo‘q. Aniqrog‘i, noyob va mustahkam ushbu inshoot XVI asrda Abdullaxon II davrida barpo etilgan. Katta suv oqimiga ega bo‘lgan Bandixonsoyda qad rostlagan bu inshoot bir paytlar qo‘shni davlatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini keng yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etgan. Uni bunyod etishda pishgan g‘isht, alebastr, ohak, qum kabi qurilish materiallaridan foydalanilgan.[1] Ushbu koʻprik qurilishida 26x26x45 sm oʻlchamdagi pishgan gʻishtlardan foydalanilgan. G"ishtlar oʻziga xos sharqona usulda sinch usulda terilgan boʻlib, bu koʻprikning asrlar davomida korroziyaga chidamli boʻlishiga sabab boʻlgan. Uzoq yillar davomida qarovsiz qolgan tarixiy yodgorlik bugungi kunda qayta rekonstruksiya qilingan boʻlib, atrofida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan.

Fayl:Koprik.jpg
Eski holati

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Surxondaryoning Qumqo‘rg‘onidagi Makedon ko‘prigini Iskandar Zulqarnayn qurdirganmi?“. Daryo.uz (5-fevral 2018-yil). 2022-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]