Anton Makarenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Makarenko Anton Semyonovichdan yoʻnaltirildi)
Anton Makarenko
Asl ismi Анто́н Семёнович Мака́ренко
Tavalludi 13-mart 1888-yil
Bilopiliya, Sumi viloyati, Ukraina.
Vafoti 1-aprel 1939-yil(1939-04-01)
(51 yoshda)
Moskva
Ijod qilgan tillari Rus
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Yoʻnalish Pedagogika, didaktika.

Anton Semyonovich Makarenko (13-mart 1888-yil, Ukraina; 1-aprel 1939-yil, Moskva) — pedagog va yozuvchi.

Anton Semyonovich Makarenko 1888-yilning 13-martida Ukrainaning Sumi viloyati Bilopiliya shahrida tugʻilgan. 1917-yilda Poltavadagi oʻqituvchilar institutini tugatgan. 1920–1930-yillarda Poltava shahri yaqinidagi voyaga yetmagan qonunbuzar bolalar mehnat koloniyasiga Harkov yaqinidagi bolalar mehnat kommunasiga rahbarlik qilgan. Makarenko pedagogik amaliyotida qonunbuzar bolalarni ommaviy qayta tarbiyalash tajribasini amalga oshirdi. Jamoada tarbiya berish nazariyasi va metodikasini, oilaviy tarbiya nazariyasini ishlab chiqdi. “Pedagogik poema” (1935), “Minoralardagi bayroqlar” (1938), “Oʻttizinchi yil marshi” (1932), “Ota-onalar kitobi” (1937) asarlari va bir qancha pedagogik maqolalar muallifi. 1939-yil 1-aprelda Moskvada vafot etgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil