Mak-dugall Uilyam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

MAK-DUGALL (Me Dougall) Uilyam (1871.22.6, Lankashir - 1938.28.11, Deram, AQSH) — ingliz-amerika psixologi. 1904 yildan Oksfordda, 1920 yildan AQShda faoliyat koʻrsatdi. Garvard (1920-27) va Dyuk (1927-38) universitetlari prof. M.-D. psixologik hayot negizida "gorme" (yun. hormoa — intilish) yotishini taʼkidlaydi. Shu bois M.-D. psixologiyasi "gormitik" deb nom olgan. "Gorme" biologik ahamiyatga molik intilish sifatida talqin qilinadi. M.D. maqsad sari instinktiv intilish azaldan jonli narsa tabiatida boʻladi, deb hisoblaydi. Insonning oʻz kamoloti jarayonida hissiy doyra iyerarxik tuzilish kasb etadi. Oldin bir qator hissiy yangilanishlar yetakchilik qilsa, keyinchalik shaxs harakterida mujassamlashgan egotik (yun. "ego"—"men") jabha us-tuvorlikka erishadi. M.-D. shaxsning metapsixologik nazariyasini ishlab chiqqan. Unga koʻra, fikrlovchi va intiluvchi "men" inson psixofizik hayotini boshqaradi. Asosiy asarlari; "Ijtimoiy psixologiyaga kirish" (1908), "Tana va ong" (1911), "Guruhli ong" (1920).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil