Majidxon Bahodirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bahodirov Majidxon (1903 – Toshkent – 1977.12.2) – tuproqshunos va arabshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973), professor (1971). Eski usuldagi maktabda savod chiqargan. 1921 – 30 yillarda Toshkentdagi maktablarda oʻqituvchi, mudir boʻlib ishlagan, pedagogika bilim yurtida dars bergan. Oʻrta Osis paxtachilik institutini tugatgan (1934). Shu institutning tuproqshunoslik kafsdrasida oʻqituvchi (1935–45). 1945– 48 yillarda Oʻrta Osiyo davlat universiteti sharq fakultetida arab filologiyasi kafedrasi tashkilotchisi va kafedra mudiri. Toshkent qishloqxoʻjaligi instituti tuproqshunoslik kafedrasida dots. (1948– 71). Ilmiy ishlari tuproqshunoslikning umumiy masalalari, Fargʻoia vodiysi tuproqlari ocherklari, agrokimyo haritalarini tuzish va boshqalarga bagʻishlamgan. B. arab adabiyoti boʻyicha xrestomatiya, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari uchun oʻzbek tilida birinchi boʻlib tuproqshunoslik boʻyicha darslik, lugʻat, qoʻllanmalar tuzgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil