Vali Majidovich Majidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Majidov Vali Majidovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Vali Majidovich Majidov (1922.14.11 - Toshkent — 2002.28.6) — infeksionist olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), tibbiyot fanlari doktori (1963), professor (1966). Toshkent tibbiyot akademiyasi ni tugatgan (1943). Shu institut infeksion kasalliklar kafedrasida assistent (1947—54), dotsent (1954—62) va kafedra mudiri (1962 yildan), ayni vaqtda sanitariyagigiyena fakulteti dekani (1965—66), oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (1966—68), Oʻzbekiston Sogʻliqni sakdash vazirining oʻrinbosari (1968—72). Oʻrta Osiyo tibbiyot pediatriya instituti rektori (1972—87). Ilmiy ishlari brutsellyoz va virusli gepatitning klinikasi, tash-hisi va davosiga oid.

As; Brutsellyoz (praktik vrachlarga yordam), T., 1954; Epidemik gepatit, T., 1957; Brutsellyoz (klinika, techeniye i prodoljitelnost), T., 1968.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil