Majid gʻofuriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Majid gʻofuriy (taxallusi; asli ismi Gʻabdulmajid Nurgʻoniyevich, 1880—1934) — boshqirdtatar shoiri. Boshqirdiston xalq shoiri (1923). Boshqird adabiyotining asoschisi. Ijodi 1902 yildan boshlangan ("Eshon muridlariga" sheʼri). "Yosh umrim" (1906), "Millat muhabbati" (1907) sheʼriy toʻplamlarini yozgan. "Faqirlikda kechgan hayot" (hikoya, 1903), "Sibir temir yoʻli" (doston, 1904), "Turmush bosqichlari" (1930), "Shoirning oltin konlarida" (1931) va boshqa asarlar muallifi. "Badnom boʻlganlar" (1927) qissasi boshqird nasrining yaxshi namunalaridan hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil