Majburiy taʼlim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Majburiy taʼlim - Oʻzbekistonda taʼlim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan biri. Bu prinsipga koʻra, muayyan yoshdagi barcha bolalar umumiy oʻrta taʼlim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida taʼlim olish yoʻnalishini tanlash huquqi asosida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishlari davlat tomonidan qonun asosida majburiy tarzda amalga oshiriladi (qarang Umumiy oʻrta taʼlim, shuningdek, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil