Maitreya
| Maitreya | |
|---|---|
|
Bodhisattva Maitreya II asr Gandharan sanʼati davrida | |
| Maʼlumotnoma | |
| Sanskrit |
मैत्रेय (Maitreya) |
| Pali |
मेत्तेय्य (Metteyya) |
| Bengalcha |
মৈত্রেয় বুদ্ধ (Moitreyo Buddho) |
| Birmacha | အရိမေတ္တေယျမြတ်စွာဘုရား |
| Xitoycha |
彌勒菩薩 弥勒菩萨 (Pinyin: Mílè Púsa) |
| Yaponcha |
(oʻqilishi: Miroku Nyorai) |
| Karencha |
မဲၣ်တယါ ဘူးဒး (Mehtuhyah Boodah) |
| Khmercha |
សិអារ្យមេត្រី, អរិយមេត្តយ្យ se-aa-meetrei, a-ri-yeak-meet-tai |
| Koreyscha |
미륵보살 彌勒菩薩 (oʻqilishi: Mireuk Bosal) |
| Mongolcha |
ᠮᠠᠢᠢᠳᠠᠷᠢ ᠠᠰᠠᠷᠠᠯᠲᠤ |
| Ruscha |
Майдар, Асралт (Mayidar, Asaraltu) |
| Singalcha |
මෛත්රී බුදුන් (Maithri Budun) |
| Tagalcha |
మైత్రేయ బుద్ధ (Maitrēya bud'dha) |
| Taycha |
พระศรีอริยเมตไตรย (oʻqilishi:Phra Si Ariya Mettrai) |
| Tibetcha |
བྱམས་པ་ བྱམས་པ་མགོན་པོ་ (Vylie: byams paʼi mgon po) (oʻqilishi: Jampé Gönpo) |
| Vyetnamcha | Di lặc Bồ Tát |
| Hurmat koʻrsatilishi | Mahayana, Theravada, Vajrayana |
| Atributlari | Rahm-shavqat va mehribonlik |

Maitreya (sanskrit) yoki Metteyya (pali) – barcha buddaviylik maktablarida kelajakdagi Buddaga aylanishi bashorat qilingan bodhisattva sifatida qaraladi. U Maitreya Budda yoki Metteyya Budda deb ataladi[1][2].
Baʼzi buddaviylik matnlarida, masalan, Amitabha Sutra va Lotus Sutrada u Ajitā (yengilmas, magʻlub etilmas) nomi bilan ham ataladi. Tibet buddaviyligida u „Sevgi Egasi“ yoki „Olijanob Mehru-muhabbatli Zot“ (Pakpa Jampa) sifatida tanilgan[3]. Uning ismi sanskritcha maitrī (pali: metta; yaʼni doʻstona, mehru-shafqat) soʻzidan olingan. „Maitreya“ nomi shuningdek indo-eroniy tillaridagi Mitra nomi bilan ham bogʻliq[4].
Hind dinlarida esa Maitreya Shambala shahrining kelajakdagi podshohi hisoblanadi[5] va u yerda Kalki Avatar tugʻilishi ham bashorat qilingan[6].
Buddaviylikning barcha tarmoqlarida Maitreya Gautama Buddaning bevosita vorisi sifatida eʼtirof etiladi. U hozirgi kalpa (eon) davridagi beshinchi va soʻnggi Budda boʻladi va uning taʼlimoti Buddaning Dharmasini yer yuzida qayta tiklashga qaratilgan. Muqaddas matnlarga koʻra, Maitreyaning taʼlimoti Gautama (Shakyamuni) Buddaning taʼlimotiga oʻxshash boʻladi[7][8].
Maitreya kelishi taʼlimotlarning inqirozi davrida yuz beradi – yaʼni Gautama Buddaning taʼlimotlari unutilib ketgan yoki yoʻqolgan boʻladi.
Tarix davomida turli diniy rahnamolar va ruhiy shaxslar oʻzlarini Maitreya deb daʼvo qilganlar (daʼvogarliklar roʻyxati mavjud), biroq buddaviylik oqimlari ularni notoʻgʻri deb rad etadi, chunki Buddaning haqiqiy taʼlimoti hali toʻliq yoʻqolmagan. Anʼanaviy buddistlar ishonishicha, Maitreya hozirda Tushita jannatida yashamoqda[9].
Shunga qaramay, u yerdan butunlay yiroq emas. Buddaviylik tarixi davomida ayrimlar Maitreya bilan uchrashganini, uni tushida yoki vahiy orqali koʻrganini va undan taʼlim olganini daʼvo qilishgan. Shu bois, Mahāyāna buddistlari Maitreya Buddaning turli sutralar (masalan, Mahāyānasūtrālamkārakā, Madhyāntavibhāga) orqali Yogachara falsafiy yoʻnalishining asoschisi deb hisoblaydilar[10][11][12].
Buddizm |
|---|
| Madaniyati |
| Tarixi |
| Buddistlar |
| Maktablar |
| Ibodatxonalar |
| Matnlar |
| Portal |
Maʼlumotnomalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Maitreya nomi sanskritcha maitrī (yaʼni „doʻstlik“) soʻzidan olingan boʻlib, bu esa oʻz navbatida mitra (doʻst) soʻzi ortidan kelib chiqqan. Pali tilidagi shakli Metteyya boʻlib, u Pāli kanonidagi Cakkavatti-Sīhanāda Suttada (Digha Nikaya 26-sutta) va shuningdek, Buddhavamsaning 28-bobida tilga olingan[7][8]. Maitreya haqidagi bashorat boshqa manbalarda ham uchraydi, masalan: Mahāvastu, Lalitavistara, Mūlasarvāstivāda vinaya va Divyāvadāna asarlarida[1][13].
Uning nomidagi oʻxshashlik sababli, ayrim zamonaviy olimlar, jumladan Przyluski, Lamotte va Levi Maitreya timsoli qadimgi indo-eroniy diniy an’analaridagi Mitra xudosidan va Zardushtiylikdagi kelajakdagi najotkor – Saoshyantdan ilhomlangan boʻlishi mumkin degan fikrni ilgari surishgan[14][13].
Shunga qaramay, tadqiqotchi David Alan Scott ularning tasviriy sanʼatdagi obrazlari (hatto bir xil mintaqalarda) ancha farq qilishi, tarixiy tafovutlar mavjudligi sababli, bu toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqlik ehtimolini inkor qiladi. U Maitreya haqidagi maʼlumotlar qadimiy buddaviy matnlarida ham uchrashini taʼkidlaydi[13]. Biroq Scott Maitreya va Mitra har ikkalasining doʻstlik (maitrī) fazilatining timsoli ekanligini, bu jihatdan ular oʻxshashligini tan oladi[13].
Mahayana sutralari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻplab Mahāyāna sūtralarida bodhisattva Maitreya tasvirlangan va u haqida muhokama qilingan. U Lotus Sutra, Vimalakirti Sutra, Oltin Nur Sutra, Samadhiraja Sutra va Sakkiz ming qatorli donolik kamoloti kabi bir necha muhim Mahayana sutralarida ikkinchi darajali qahramon sifatida paydo boʻladi[1].
Gaṇḍavyūha Sutrada esa, Maitreya alohida bir bobda ziyoratchi Sudhanaga Dharma (taʼlimot)ni bir yuz yigirma bir baytda vaʼz qiladi[15]. Shundan soʻng Sudhana Maitreyaning saroyiga (Vairocanakutalamkara-garbha) kirish huquqiga ega boʻladi va u yerda Maitreyaning bodhisattvalik faoliyatining butun tarixiy manzarasini koʻrgan katta vahiy tajribasiga ega boʻladi[15].
Boshqa adabiyotlarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maitreya boshqa adabiy asarlarda ham paydo bo‘ladi. Maitreyasamitināṭaka islomgacha bo‘lgan Markaziy Osiyoda (taxminan 8-asr) yaratilgan keng qamrovli buddaviy drama asari bo‘lgan[16][17]. Markaziy Osiyodagi Maitreyavyakarana (śatakam shaklidagi she’r) va Janubiy Hindistondagi Anagatavamsa asarlarida ham u tilga olinadi[manba kerak].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 3 Dharmachakra Translation Committee „Maitreya's Setting Out | Introduction“ (en). 84000 Translating The Words of The Buddha (2021). Qaraldi: 2024-yil 8-fevral.
- ↑ Williams, Paul. Mahayana Buddhism: The Doctrinal Foundations 2nd edition. Routledge, 2009, p. 218.
- ↑ „Maitreya - Buddha-Nature“. buddhanature.tsadra.org. Qaraldi: 2024-yil 7-fevral.
- ↑ Jayarava, Visible Mantra: Visualising & Writing Buddhist Mantras, betlar 142–143. 2011
- ↑ Thomas, Andrew „Shambala: Oasis of Light“. Manchester: The Philips Park Press (1977).
- ↑ LePage, Victoria. Shambhala: The Fascinating Truth Behind the Myth of Shangri-La. Quest Books, 1996 — 125–126-bet. ISBN 978-0835607506.
- 1 2 Horner (1975), The minor anthologies of the Pali canon, bet 97. Metteyya haqida, Bv XXVII, 19: „Men hozirgi vaqtda Oʻz-oʻzidan uygʻongan Buddaman, va Metteyya boʻladi…“
- 1 2 Buddha Dharma Education Association. „Suttanta Pitaka: Khuddaka Nikāya: 14.Buddhavamsa-History of the Buddhas“. Guide to Tipiṭaka. Tullera, NSW, Australia: Buddha Dharma Education Association (2014). 2014-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-dekabr.
- ↑ „Maitreya | Buddhism | Britannica“ (en). www.britannica.com. Qaraldi: 2022-yil 16-aprel.
- ↑ Ruegg, D. S. La Theorie du Tathagatagarbha et du Gotra. Paris: Ecole d’Extreme Orient, 1969, bet 35.
- ↑ Brunnholzl, Karl. When the Clouds Part: The Uttaratantra and Its Meditative Tradition as a Bridge between Sutra and Tantra. Shambhala Publications, 2015, bet 81.
- ↑ Ford, James L. (2006). Jokei and Buddhist Devotion in Early Medieval Japan. Oxford University Press, USA. betlar 69–71. ISBN 978-0-19-518814-1
- 1 2 3 4 David Alan Scott (1990). „The Iranian Face of Buddhism.“ East and West, 40(1–4), 43–77. doi:10.2307/29756924
- ↑ Tiele, CP „Appendix: some Buddhistic parallels“, . The religion of the Iranian peoples, 1st, Bombay: The Parsi Publishing Co, 1912 — 159-bet. „No one who has studied the Zoroastrian doctrine of the Saoshyants or the coming saviour-prophets can fail to see their resemblance to the future Maitreya.“
- 1 2 Sponberg, Alan; Hardacre, Helen (tahrirchilar). Maitreya, the Future Buddha. 69-bet. Cambridge University Press, 1988.
- ↑ 古代维吾尔语说唱文学《弥勒会见记》
- ↑ „The Maitreya-samiti and Khotanese“. 14 noyabr 2012da asl nusxadan arxivlangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- The minor anthologies of the Pali canon. Volume III: Buddhavaṁsa (Chronicle of Buddhas) and Cariyāpiṭaka (Basket of Conduct). London: Pali Text Society, 1975. ISBN 0-86013-072-X.
- Mipham, Jamgon; Maitreya; Shenga, Khenpo; Dharmachakra Translation Committee, trans. (2013). Distinguishing Phenomena from Their Intrinsic Nature: Maitreyaʼs Dharmadharmatavibhanga with Commentaries by Khenpo Shenga and Ju Mipham. Snow Lion. ISBN 978-1-55939-502-1.
- Descent of Maitreya Buddha and his Enlightenment, Taishō Volume 14, Number 454. Bukkyo Dendo Kyokai, 2016 (2018-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan).
- Mipham, Jamgon; Maitreya; Dharmachakra Translation Committee, trans. (2021). Middle Beyond Extremes: Maitreyaʼs Madhyantavibhaga with Commentaries by Khenpo Shenga and Ju Mipham. Snow Lion. ISBN 978-1-55939-501-4.
- Ma, Xisha; Huiying Meng (2011), Popular Religion and Shamanism, Brill, ISBN 978-9004174559
- Seiwert, Hubert Michael (2003), Popular Religious Movements and Heterodox Sects in Chinese History, Brill, ISBN 9004131469
- Lee, Yu Min (1983), The Maitreya Cult and Its Art in Early China, University Microfilms International
- Sponberg, Alan (1988), Maitreya, the Future Buddha, Cambridge University Press, ISBN 0521180104
- Ritzinger, Justin (2017), Anarchy in the Pure Land: Reinventing the Cult of Maitreya in Modern Chinese Buddhism, Oxford University Press, ISBN 978-0190491161
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Maitreya“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
| Vikiiqtibosda Maitreyaga tegishli iqtiboslar mavjud. |
- 2010-yil aprel, Smithsonian jurnali maqolasi (Wayback Machine saytida 2013-12-30 sanasida arxivlangan)
"Maitreya" Encyclopædia Britannica (11chi nashri) 1911