Kontent qismiga oʻtish

Mahmud masjidi (Malmö)

Koordinatalari: 55°33′58.8″N 13°04′56.3″E / 55.566333°N 13.082306°E / 55.566333; 13.082306
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Mahmud masjidi (Malmö)
Mahmoodmoskén
Mamlakat  Shvetsiya
Shahar Malmö
Koordinatalar 55°33′58.8″N 13°04′56.3″E / 55.566333°N 13.082306°E / 55.566333; 13.082306
Yoʻnalishi Ahmadiya
Asosiy sana:
13-may 2016
Hajmi 1 700 kishi

Mahmud masjidi (shvedcha: Mahmoodmoskén) – Shvetsiyaning Skåne okrugi Malmö shahridagi masjid.

Masjid qurilishi 1999-yilda boshlangan[1]. Masjid 2016-yil 13-may kuni Mirzo Masrur Ahmad tomonidan oʻqilgan juma xutbasi paytida rasman ochilgan va oradan bir kun oʻtib Malmö shahar kengashi raisi ishtirokidagi marosimdan soʻng ilk namoz oʻqilgan[2].

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2 000 m² maydonga ega masjid majmuasi 5 binodan iborat boʻlib, ular orasida ikki xonali turar joy, sport zali, ofislar va kutubxona mavjud. Masjid ikkita namozxonadan iborat: biri erkaklar, ikkinchisi ayollar uchun. Umumiy hisobda, masjid 1 700 nafar namozxonni oʻzida sigʻdira oladi. Uning qurilishiga jami 37,5 million Shvetsiya kronasi (SEK) sarflangan[3].

  1. „Mahmood Mosque: The Malmö Mosque“. Khalifatul Masih V (2016-yil 13-may). 2025-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  2. „Reception held to mark inauguration of Mahmood Mosque in Malmo, Sweden“. Ahmadiyya Muslim Community (2016-yil 15-may). Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  3. „Mahmood Mosque: The Malmö Mosque“. Khalifatul Masih V (2016-yil 13-may). 2025-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.