Kontent qismiga oʻtish

Mahmud Xalil al-Qori

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mahmud Xalil Abdurahmon al-Qori
Unvoni Madinadagi Ikki qibla masjidi imomi; avval Payg‘ambar masjidiga imom etib tayinlangan
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 25-iyun 2022-yil(2022-06-25)
(69 yoshda)
Madina, Saudiya Arabistoni
Dini Islom
Ota-onasi
Mazhab Sunniy
Education Muqaddas Qur’on va Islom tadqiqotlari kolleji boʻyicha bakalavr darajasi

Mahmud Xalil Abdulrahmon al-Qori — Madina shahridagi Ikki qibla masjidi imomi va Al-Masjid an-Nabaviy sobiq imomi. U Xalil al-Qorining oʻgʻli[1].

Mahmud Xalil al-Qori Madinada saudiy-pokistonlik oilada tugʻilib oʻsgan[2]. U oʻn yoshida Qur’onni yod olgan. Shuningdek, u Muqaddas Qur’on va Islom tadqiqotlari kollejida bakalavr darajasini olgan[3].

Unga hijriy 1438-yil va hijriy 1439-yillarda (2017 va 2018) Ramazon oyida tarovih namozlarida imom sifatida Al-Masjid an-Nabaviyda xizmat qilishiga ruxsat berilgan. Vafotigacha Al-Qiblatayn masjidida namozxonlarga imomlik qilishda davom etgan[4].

U va otasi Saudiya Arabistonida koʻproq eshitiladigan zamonaviy qiroatning muhim kashshoflaridan ikkitasi sifatida eʼtirof etiladi[5].

al-Qori hijriy 1443-yil Zulqaʼda oyining 26-kuni (milodiy 2022-yil 25-iyun) shanba kuni ertalab Madina shahrida xastalikdan soʻng shifoxonaning reanimatsiya boʻlimida vafot etgan. Jjanoza namozi oʻsha kuni shom namozidan keyin Paygʻambar masjidida oʻqilgan va Al-Baqi qabristoniga dafn etilgan[4][6].