Meli Mahkamov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mahkamov Melidan yoʻnaltirildi)

Meli Mahkamov (1939.22.11, Toshkent) — telerej. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1963). 1961-yildan Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida ishlaydi. 1990—93 yillar "Oʻzteleradio" kompaniyasining badiiy rahbari. "Chi-nor" (A. Muxtor), "Hazrati inson" (R. Fayziy), "Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar" (F. Dostoyevskiy), "Soqov xotin" (A. Frans), "Hakim va ajal" (A. Oripov), "Yoqut koʻzli bilaguzuk" (A.Kuprin), "Olmos kamar" (P. Qodirov) kabi 30 dan ortiq telespektakl va videofilmlarni sahnalashtirgan. Ayniqsa, Oybekning "Qutlugʻ qon" romani asosida yaratilgan 7 qismli videofilmi badiiy yetuk va mukammalligi, aktyorlarning yuksak ijro mahorati bilan ajralib turadi. Shuningdek, M. "Teleminiatyuralar teatri", "Ekran xandasi", "Shanba, nonushtadan soʻng", "Otalar soʻzi — aqlning koʻzi" va boshqa koʻrsatuvlarning tashkilotchisi va rejissyor "Hayot quvonchlari va tashvishlari" turkum koʻrsatuvining 1990—92 yillar televideniye orqali "Navroʻz"ga bagʻishlab ilk bor oʻtkazilgan uzluksiz telemarafonga bosh rejissyorlik qilgan. Amir Temurning 660 yilga atab 21 qismli badiiy publitsistik "Temurnoma" (X. Davron bilan birga) videofilmini yaratgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil