Kontent qismiga oʻtish

Mahkam Mahmudov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Mahkam va familiyasi Mahmudov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Mahkam Mahmudov
Tavalludi 1940-yil 5-dekabr
Vafoti 2024-yil
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent Davlat universiteti (19571962)
Faoliyat yillari 19602024-yillar
Mukofotlari

Mahkam Mahmudov (1940-yil, 5-dekabr, Qadim qishlogʻi, Asaka tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2024-yil 13-dekabr, Oʻzbekiston) – shoir, yozuvchi va adabiyotshunos. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. „El-yurt hurmati“ ordeni sohibi

Mahkam Mahmudov 1940-yil 5-dekabrda Andijon viloyati, Asaka tumanining Qadim qishlogʻida tavallud topgan[1]. Dastlab oʻrta maʼlumotni 1947—1957-yillarda Andijon shahrida joylashgan Muqimiy nomidagi maktabda olgach, 1957—1962-yillarda Toshkent Davlat universitetida tahsil olgan. 1960-yildan boshlab gazeta va jurnal tahririyatlari hamda nashriyotlarda ishlab keladi. Muloqot jurnalida adabiy xodim sifatida faoliyat koʻrsatgan.

Mahmudov „Movarounnahr yulduzi“, „Bibixonim“, „Men – men emasman“, „Teskari koʻzlar sayyorasi“, „Shohlar malikasi“, „Movarounnahr yulduzi“, „Sulton Mahmud Gʻaznaviy“, „Boysungʻur ibn Shohruh“, „Imom Zayniddin Gʻazzoliy“, „Sirli qasr“, „Mangu kuy izlab“ „Teskari koʻzlar sayyorasi“, singari asarlar yozgan[2].

Mahkam Mahmudov 2024-yil 13-dekabrda 84 yoshida vafot etgan[3].

  1. „Mahkam Mahmud (1940)“ (uz) (ziyo.uz). 2024-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-dekabr.
  2. „Yozuvchi Mahkam Mahmudov 84 yoshda vafot etdi“ (gazeta.uz). 2024-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 21-dekabr.
  3. „Ёзувчи ва адабиётшунос Маҳкам Маҳмудов вафот этди“ (uz) (platina.uz). 2024-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-dekabr.