Mahdiy Sulton Ibn Baxtiyor Sulton Ibn Xizrxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mahdiy Sulton Ibn Baxtiyor Sulton Ibn Xizrxon (? — 1511) — shayboniylardan. Shayboniyxonning jiyani, Muhammad Shayboniyxon Yassi va Sabronni olgach, Movarounnaxrga yurish qilishdan avval turli viloyatlarga tarqab ketgan shayboniy sultonlar qatori Mahdiy Sulton Ibn Baxtiyor Sulton Ibn Xizrxon va Hamza sulton(uning akasi)ni oʻz bayrogʻi ostiga chaqirtirgan (1495). Mahdiy Sulton Ibn Baxtiyor Sulton Ibn Xizrxon temuriylar qoʻl ostidagi Qorakoʻl viloyati hokimi edi. taxminan 1492—93 yillarda Mahdiy Sulton Ibn Baxtiyor Sulton Ibn Xizrxon va Hamza sulton Shayboniyxonni tark etib temuriylardan Sulton Mahmud Mirzo xizmatida boʻlganlar. 1495 yil ular Hisordan Andijonga Bobur xuzuriga kelishgan. Temuriylarning taxt uchun kurashida qatnashganlar. 1495 yil Mahdiy Sulton Ibn Baxtiyor Sulton Ibn Xizrxon Sheroz va Kanboy atrofidan Sulton Ali Mirzodan qochib Samarqandga kelgan. 1498 yil Boburning Ahmad Tanbalga qarshi kurashida unga Mahdiy Sulton Ibn Baxtiyor Sulton Ibn Xizrxon va Hamza sultonlar yordam berishgan. 1500 yil Shayboniyxon bilan birga Boburga qarshi Samarqandni olishda qatnashishgan. Movarounnaxr shayboniylar kul ostiga utgach, Shayboniyxon Mahdiy Sulton Ibn Baxtiyor Sulton Ibn Xizrxonga Chagʻoniyon va Hamza sultonga Hisor viloyatini bergan (1503).

1509 yil oxirida Shayboniyxon Dashti Qipchoqqa qozoq xoni Qosimxonga qarshi yurish qilgan, biroq shayboniy sultonlarning institutizomsizligi oqibatida magʻlubiyatga uchragan, shu tufayli u Mahdiy Sulton Ibn Baxtiyor Sulton Ibn Xizrxon va Hamza sultonlardan Hisorni tortib olgan va ularning oʻrniga Ubay-dulla sultonni tayinlagan. Bu shayboniy sultonlarning noroziligiga sabab boʻlgan. 1510 yil Marv yaqinida Shayboniyxon shoh Ismoil /bilan jang qilib magʻlubiyatga uchraganida koʻpgina shayboniy sultonlar qatori Mahdiy Sulton Ibn Baxtiyor Sulton Ibn Xizrxon ham unda ishtirok etmagan. 1511 yil Bobur Ismoil I dan harbiy yordam olib Hisori Shodmon, Qunduz va Bagʻlonga hokimlik qilayotgan Mahdiy Sulton Ibn Baxtiyor Sulton Ibn Xizrxon va Hamza sultonlarga qarshi yurish qilgan va asir olingan, Mahdiy Sulton Ibn Baxtiyor Sulton Ibn Xizrxon va Hamza sultonlar qatl etilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Mirza Muhammad Xaydar, Tarix-i Rashidi, T., 1996; Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982; Baburname, T., 1993.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil