Maharoja

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Maharaodan yoʻnaltirildi)

Maharoja (sanskritcha — ulugʻhuk-mdor), maharana, maharao — Hindistondagi mustaqil viloyat hokimlarining unvoni. M.dan kichik va tobe hokimlar roja deyilgan. M.lar hokimiyati Hindiston mustaqilligining boshlangʻich yillarida ham saqlangan. 1956 yil qonun boʻyicha M.lar siyosiy hokimiyatdan mahrum qilingan va ularga nafaqa tayinlangan. 1971-yilda hukumat M.lar nafaqasini bekor qilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil