Kontent qismiga oʻtish

Mahammad Amin Rasulzoda

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mahammad Amin Rasulzoda

Rasulzoda tax.1950-yilda
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 31-yanvar 1884-yil
Novxanı, Boku uyezdi, Boku guberniyasi, Kavkaz noibligi, Rossiya imperiyasi
(hozirgi Ozarbayjon)
Vafoti 6-mart 1955-yil(1955-03-06)
(71 yoshda)
Anqara, Turkiya
Siyosiy partiyasi Musovat partiyasi
Demokratik partiya[1]
Turmush oʻrtogʻi Umbulbonu Rasulzoda
Dafn etilgan joyi Cebeci Asri qabristoni

Mahammad Amin Axund Hoji Molla Alakbar oʻgʻli Rasulzade (ozarbayjoncha: Məhəmməd Əmin Axund Hacı Molla Ələkbər oğlu Rəsulzadə; turkcha: Mehmet Emin Ahund Hacı Molla Alekber oğlu Resulzâde; ruscha: Мамед Эмин Ахунд Гаджи Молла Алекбер оглы Расулзаде; 1884-yil 31-yanvarda tugʻilgan — 1955-yil 6-martda vafot etgan) — ozarbayjonlik siyosatchi, jurnalist va Ozarbayjon Milliy Kengashi rahbari. Asosan, uning nomi 1918-yilda Ozarbayjon Demokratik Respublikasi asoschisi va uning davlatchiligining otasi sifatida eʼtirof etiladi. Uning „Bir kərə yüksələn bayraq, bir daha enməz“ (tarjimasi„Bir marta ko‘tarilgan bayroq hech qachon pastga tushmaydi!“) iborasi XX asr boshlarida Ozarbayjondagi mustaqillik harakatining shioriga aylangan. Turkiya va Eron tomonidan bir necha bor surgun qilingan. Ikkinchi Jahon urushi davrida mustaqil Ozarbayjonni qoʻllab-quvvatlashi uchun Natsistlar Germaniyasi bilan strategik ittifoq tuzishga harakat qilgan[2][3].

Mahammad Amin Rasulzoda 1884-yil 31-yanvarda Boku shahri yaqinidagi Novxanı qishlogʻi tugʻilgan[4]. Otasi Oxund Hoji Molla Alakbar Rasulzoda boʻlgan. U Rus-musulmon oʻrta maktabida, soʻngra Boku shahridagi Texnika kollejida taʼlim olgan. Oʻqish yillarida Rasulzoda Ozarbayjonning zamonaviy tarixidagi „Musovat Musulmon yoshlar tashkiloti“ nomli ilk maxfiy tashkilotni tuzgan[5]. 1903-yildan boshlab uturli muxolif gazetalar hamda jurnallarda maqolalar yoza boshlagan.

  1. Abrahamian, Ervand. Iran Between Two Revolutions. Princeton University Press, 1982 103-bet. ISBN 0-691-10134-5. 
  2. Kucera, Joshua. „Armenia, Azerbaijan trade Nazi collaboration accusations“. Eurasianet (2020-yil 21-may). Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr. „Rasulzade was later exiled when the Soviet Union took over Azerbaijan, and during World War II briefly tried to enlist Nazi Germany in a tactical alliance to restore Azerbaijan’s independence“.
  3. Swietochowski, Tadeusz. Russia and Azerbaijan: A Borderland in Transition. New York: Columbia University Press, 1995 133–134-bet. ISBN 0-231-07068-3. 
  4. Gümüşsoy, Emine (2007). "Mehmed Emin Resulzâde and a Nationalist Journal: Azeri Turk" (tr). Kahramanmaraş Sütçüimam University Journal of Social Sciences (Kahramanmaraş Sütçüimam University) 4 (1–2): 45–56. https://dergipark.org.tr/tr/download/issue-file/41135. "Mehmed Emin Resulzâde 31 Ocak 1884‘de Bakü‘nün Novhanı köyünde dünyaya gelmiştir. Babası Ahund Hacı Molla Alekber Resulzâde, annesi Zal kızı Ziynet‘tir."
  5. „Memmed Amin Resûlzâde (Bakû/Novhanı, 31 Ocak 1884 - Ankara, 6 Mart 1955)“. Ministry of Culture and Tourism, Turkey. 2021-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 2-aprel.
  • Balayev, Aydin (2015). "Mamed Emin Rasulzadeh and the establishment of the Azerbaijani state and nation in the early twentieth century". Caucasus Survey 3 (2): 136–149. doi:10.1080/23761199.2015.1045292.