Mahkam Mahametov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mahametov Mahkamdan yoʻnaltirildi)

Mahkam Mahametov (1935.20.5, hozirgi Janubiy Qozogʻiston viloyati Sayram tumani) — rejissor, Oʻzbekiston sanʼat arbobi (1999). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1957). 1957—78 yillar yordamchi rejissor, rejissor, bosh rejissor, 1978—82 yillar Sirdaryo teatrida, 1982—85 yillar Yosh tomoshabinlar teatrida, 1985—98 yillar Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida bosh rejissor, 1998—2000-yillar va 2000-yildan shart-noma asosida rejissor M. rejissor sifatida birinchilardan boʻlib televizion spektakl, televizion badiiy filmni suratga olgan (1961). Shuningdek, "Oʻqituvchi" (P. Tursun), "Davr mening taqdirimda" (A. Muxtor), "Ajal shamshiri" (N. Hikmatov), "Padarkush" (Behbudiy) kabi televizion spektak-llar; "Qoʻshchinor chiroklari" (A. Qah-hor, 3 qismli), "Moziydan bir sahifa" (X. Sultonov, 2 qismli), "Amir Muzaffar" (N. Qobil, 2 qismli) kabi videofilmlar hamda "Koʻngil koʻchalari" (M. Boboyev, koʻp qismli) videoserialini yaratdi. Shuningdek, respublikaning turli teatrlarida "Oʻttiz yoshlilar" (M. Boboyev), "Richard SH" (U. Shekspir), "Oq kema" (Ch. Aytmatov), "Qizbuloq fojiasi" (T. Toʻla), "Ikkinchi tumor" (E. Vohidov), "Qalam qoshligim" (M. Karimov) kabi spektakllarni ham sahnalashtirgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil