Magniy rudalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Magniy rudalari - tarkibida iqtisodiy jihatdan samarali miqdorda magniy boʻlgan va uni texnik jihatdan ajratib olish mumkin boʻlgan tabiiy mineral tuzilmalar. Magniy 100 dan ortiq jins hosil qiluvchi minerallar tarkibida uchraydi. Eritma holatidagi dengiz suvlarida cheklanmagan resurslari mavjud. Magniy rudalariga brusit (tarkibida Mg 42% gacha), forsterit (34,6%), magnezit (29%), serpentin (26% gacha), kizerit (18% gacha), bishofit (12%), kainit (10%), karnallit (8,7 %), astraxanit (7,3%), poligalit (4,8%) va boshqa kiradi. Dolomitlar Magniy rudalari sifatida tasniflanmaydi, birok, ulardan namakob va dengiz suvi bilan birgalikda magnit birikmalarini olish uchun foydalaniladi. Magniy rudalarining asosiy minerallari choʻkindili kelib chiqishga ega, ikkinchi darajalilari esa nurash va metamorfizm jarayonida yuzaga keladi. Sanoat ahamiyati boʻyicha magnezitlarning uchta: lagunadengiz, giperbazitlarning nurash pusti va kul tipi arjatiladi.

Magniy rudalari turli geologik davrlarda iqlimning sernam va qurgʻoqchil sharoitlarida vujudga kelgan va toʻplanib borgan. Magnezitning asosiy konlari kembriygacha boʻlgan davrga mansub. Yuqori paleozoy laguna magnezitlari Yevropada keng tarqalgan. Magnezitli va brusitli rudalar, odatda, ochiq usulda, nurash pusti magneziti va xloridli rudalar esa yer ostidan qazib olinadi. Qayta ishlash usullari ham ruda tipiga bogʻliq holda bir-biridan farq qiladi. Magnezitli tuzlarning yer osti suvlari taʼsirida yuvilib ketishi natijasida tabiiy shoʻr suvlar va shoʻr suvli buloqlar hosil boʻladi. Hozirgi tuz konlari (shoʻr suvlar ularning choʻkindilari) yopiq qoʻltiq|qoʻltik]]larda (Qoraboʻgʻozgoʻl) va quruqlikdagi berk qavzalardagi koʻllarda vujudga keladi. Magniy dengiz suvidan ham olinadi. Magniy rudalari minerallari, asosan, oʻtga chidamli va surkov materiallari sifatida ishlatiladi. Oʻzbekistonda magniy minerallarining katta konsentratsiyalari mavjud boʻlib, ulardan keng foydalaniladi (Olmaliq, Kumushkon, Tomdibuloq va h.k.).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil