Magnit sʼyomka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Magnit sʼyomka — foydali qazilmalarni qidirish va razvedka qilish, geologik haritalashtirishda geomagnit maydon elementlari oʻlchamlarining majmui. Oʻlchashda magnitometrlar va magnit gradiyentometrlardan foydalaniladi. Magnit sʼyomkaning yer yuzasida, yerdan yuqorida, suv ostida, shuningdek, shaxta va burgʻi quduqlarida oʻlchash xillari mavjud. Geomagnit maydonlarining global qonuniyatlarini oʻrganishda qayd qilish punktlarining oraligʻi yuzlarcha km ni, geologik haritalashtirish, tektonik r-nlashtirish, konlarni qidirishda esa bir necha m dan bir necha km gacha boʻladi. Yer yuzasida olib borilgan Magnit sʼyomka 1:10 000 masshtabda va undan yirikroq, mayda masshtabdagi sʼyomka esa havodan turib bajariladi. Sʼyomka toʻri magnit anomaliyasining kutilayotgan oʻlchamlari bilan belgilanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil