Madonna (albom)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Madonna“ amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Madonnaning 1983-yilning 27-iyulida eʼlon qilingan ilk studiyaviy albomidir. Albom Billboard 200 chartida sakkizinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Birgina AQShning oʻzida besh million nusxada sotilib, buning ortidan Amerika ovoz yozish assotsiatsiyasi tomonidan besh marotaba platina sertifikati bilan taqdirlangan. Avstraliya, Birlashgan Qirollik, Fransiya, Niderlandiya va Yangi Zelandiya kabi mamlakatlar chartlarida eng sara oʻntalik safidan oʻrin olgan. Shu kungacha umumjahon boʻylab 10 million nusxadan ortiq sotilgan[1]. „Madonna“ albomi musiqa tanqidchilari tomonidan xush qarshilangan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Levin, Will. „Madonna's first four albums to be reissued on stunning crystal clear vinyl“. New Musical Express (2019-yil 24-sentyabr). 2020-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-yanvar.
  2. Classic Pop Staff. „Classic Album: Madonna“. Classic Pop (2015-yil 26-fevral). Qaraldi: 2022-yil 2-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]