Madeyra (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madeira
Rio Madeira 09072007.jpg
Tavsif
Uzunligi 1 450 km
Suv sarfi 31 200[1] m³/s
Joylashuvi
Madeirarivermap.jpg
Davlat Braziliya va Boliviya
Vikiomborda "Madeira" nomli sahifa mavjud


Madeyra yoki Madeira (portugalcha: Rio Madeira) — Boliviya va Braziliyadagi daryo, Amazonka daryosining eng yirik oʻng irmogʻi. And togʻlaridan boshlanuvchi Mamore va Beni daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uzunligi (Mamore daryosi bilan birga) 3200 km, havzasining maydoni 1391 ming km². Yuqori oqimida, Braziliya yassitogʻligining shim.-gʻarbiy chekkasidan oʻtgan qismida, sharshara va ostonalar hosil qiladi; Portu-Velyu shahridan boshlab Amazonka payettekisligi boʻylab oqadi. Yezda sersuv boʻladi. Oʻrtacha suv sarfi 30,5 ming m³/sek. Portu-Velyu shahridan boshlab (1060 km) kema katnaydi.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil