Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Madali eshondan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Muhammadali xalfa sobir oʻgʻli, Dukchi eshon, Madali eshon (1856, Fargʻona viloyati Chimyon qishlogʻi — 1898.12.6, Andijon) — Andijan qoʻzgʻoloninng rahbari. Oʻrta hol dehqon va hunarmand Muhammad Sobir xalfa oilasida tugʻilgan. Ajdodlari asli qashqarlik boʻlgan. 10 yoshlarida ota-onasi bilan Mingtepa (hozirgi Andijon viloyati Marhamash tumani hududi) yaqinidagi Tojik qishlogʻiga koʻchib kelishgan. Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻliS.oʻ. mustaqil oʻqib, islom ilmini, arab va fors tillarini oʻrgangan.

1876 yilda akasi Muhammadsoqi bilan Poytugʻda yashovchi nufuzli ulamo Sultonxon toʻra eshon xizmatiga kirib, uning eng yaqin shogirdiga aylangan. Paxsakashlik va duk (yik)chilik bilan shugʻullangan, tabiblik ham qilgan.

1886—88 yillarda u Makkaga borib, haj amalini bajargan. Turkiy tilda "Ibrat ulgʻofiliyn" ("Gʻofillar uchun ibrat kitobi") asarini yozgan. Asar pandnasihat tarzida boʻlib, tasavvuf gʻoyalari targʻib qilingan.

Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻliS.oʻ. Asaka, Shahrixon, Margʻilon, Oʻsh aholisi, xususan, chorvador qavmlar oʻrtasida obroʻ-eʼtiborli boʻlgan. Bu vaqtda uning minglab muridlari bor edi. 1879 yilda u turk sultoni Abdulhamid II ga maktub yozib, Fargʻona vodiysida Rossiya imperiyasi yuritgan mustamlakachilik siyosatini qoralaydi va diplomatik yoʻllar orqali Rossiya imperatori Nikolay II ga taʼsir qilishini soʻraydi.

Bu davrda ulkadagi mustamlakachilik siyosati tufayli keng mehnatkashlar ommasi gʻoyat qashshoqlashibgina qolmay, milliy va diniy qadriyatlar ham oyoq osti qilina boshlangan edi. Mahalliy aholi huquqsizlik, zulm va zoʻravonliqsan azob chekardi. Xalq noroziligining jilovlab boʻlmaydigan darajada kuchayib ketganligini koʻrgan Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻliS.oʻ. Fargʻona viloyatining turli boʻlislaridan kelgan vakillar bilan kengash oʻtkazib, bir vaqtda qoʻzgʻolon koʻtarishga chaqirdi. Qoʻzgʻolon 1898 yil 17 mayda Andijon harbiy lageriga hujum qilishdan boshlandi. Lekin boshqa joyga uncha yoyilmay, tezda magʻlubiyatga uchradi.

19 mayda kechqurun Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻliS.oʻ. qoʻlga olinib, 5 ta yaqin safdoshi bilan Andijonda dorga osilgan. Uning oila aʼzolari (onasi, xotinlari, farzandlari, jiyani Musulmonqul va boshqalar) Penzaga sur-gun qilingan. Eshonning mol-mulki, jumladan 755 ta nodir qoʻlyozma kitoblari musodara qilingan. Mingtepa qishlogʻi toʻplardan oʻqqa tutilib, oʻrnida rus mujiklari uchun Russkoye selo qasabasi (posyolkasi) qurilgan.

Andijon qoʻzgʻoloni mustamlakachilik zulmiga qarshi boʻlsa ham, Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻliS.oʻ. boshchiligidagi qoʻzgʻolonchilar diniy gʻoyalar (jihod va gʻazovot) bilan maydonga chiqishgan edi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil