Macron
|
| |
| Turi | Xususiy |
|---|---|
| Tarmogʻi | Toʻqimachilik |
| Qachon asos solingan | 1971 |
| Hududiy xizmati | Butun jahon |
| Rahbariyat |
|
| Mahsulot(lar)i |
|
| Aylanma daromadi |
|
| Ishchilar soni |
|
| Vebsayti | macron.com |
Macron – bosh qarorgohi Bolonya viloyatining Crespellano shahrida joylashgan sport kiyimlari va anjomlari ishlab chiqaruvchi shirkat. Sport kiyimlari ishlab chiqarishda Yevropaning yetakchi korxonalaridan hisoblanadi[3].
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Macron 1971-yilda AQSh sport brendlarining Italiyadagi distribyutori sifatida tashkil etilgan. 1994-yilgacha kompaniya faoliyati Amerika Qoʻshma Shtatlari sport mahsulotlarini import qilishga qaratilgan. Kompaniyaning katta kengayishi 1994-yilda sodir boʻldi va bir vaqtda bosh ofisi Crespellanoga koʻchib oʻtdi[3].
1994-yildan boshlab kompaniya oʻz brendi ostida mahsulot ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi va 2001-yilda Italiyaning „Bolonya“ futbol klubi bilan birinchi homiylik shartnomasini imzoladi. 2005-yilda kompaniya tashqi bozorga chiqdi[3].
2014-yilda Macron va „Bolton Wonderers“ ingliz futbol klubi oʻrtasida klubning uy arenasini „Macron Stadium“ deb nomlash toʻgʻrisida shartnoma imzolandi, bu nom 2018-yilgacha arenada qoldi[3].
2012-yildan boshlab kompaniya bir nechta klublarning texnik homiysi boʻldi: Torpedo Moskva[4], Arsenal Tula, Argentinos Juniors, Stoke City, Munchen 1860, Napoli, Latsio, Sporting, Mallorca, Real Betis, Oser va boshqalar[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Gianluca Pavanello“. Bloomberg. Qaraldi: 2015-yil 12-fevral.
- ↑ „Francesco Bormioli, Macron SpA“. Bloomberg. Qaraldi: 2015-yil 12-fevral.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Staff.. „Macron who? Bolton Wanderers' new stadium sponsor is one of Europe’s top sportswear companies“. The Bolton News (2014-yil 24-aprel). 2018-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-iyun.
- ↑ Futbolniy klub „Torpedo“ Moskva – Novosti – „MACRON“ – EKIPIROVЩIK „TORPYeDO“ V NOVOM SYeZONYe!
- ↑ „«Евроспорт» раскритиковал Macron и камуфляж тульского «Арсенала» | Tulskiy futbol“. 2019-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-iyun.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |