Macaulay Culkin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Macaulay Culkin

Culkin 2010-yilgi Berlin festivalida
Tugʻilishi
Macaulay Carson Culkin

26-avgust 1980-yil (1980-08-26) (41 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi
  • Aktyor
  • musiqachi
  • podkaster
Faoliyat yillari
Aktyor sifatida
  • 1985–1994
  • 1998–hozirgacha
Musiqachi sifatida
  • 2013–hozirgacha
Sayt bunnyears.coma

Macaulay Culkin (talaffuzi: Makoley Kalkin; 1980-yil 26-avgustda tugʻilgan[1]) amerikalik aktyor, musiqachi va podkasterdir. U 1990-yillarning eng muvaffaqiyatli bolalar aktyorlaridan biri sifatida eʼtirof etilib,[2] VH1 telekanalining „100 ta eng buyuk bola-yulduzlar“[3] hamda E! telekanalining „50 ta eng yaxshi bola yulduzlar“[manba kerak] roʻyxatiga kiritildi.

Culkin Uyda yolgʻiz franshizasining ilk ikkita filmida Kevin McCallister rolini jonlantirgan bola aktyor sifatida mashhur boʻlib, u bu filmdagi roli ortidan Oltin globusning „Eng yaxshi aktyor — Musiqiy yoki komediya janridagi kinofilm“ nominatsiyasida nomzod boʻlgan. Shuningdek, u My Girl (1991), The Good Son (1993), The Nutcracker (1993), Getting Even with Dad (1994), The Pagemaster (1994) va Richie Rich (1994) filmlarida suratga tushgan boʻlib, MTV Movie Awards va Young Artist Awards mukofotlariga nomzod ham boʻlgan. Culkin 1994-yilda aktyor sifatidagi karyerasidan nomaʼlum muddatga tanaffusga chiqdi hamda 2003-yilda Will & Grace telekoʻrsatuvida mehmon sifatida qatnashib, Party Monster (2003) filmidagi roli bilan qaytdi. U 2006-yilda chop etilgan Junior nomli avtobiografik kitobini yozdi.

2013-yilda Culkin the Pizza Underground rock-guruhiga asos soldi; 2016-yilda Culkin Pizza Underground guruhi boʻlinib ketayotganini va ularning keyingi albomi soʻnggisi boʻlishini aytdi. Hozirda u Bunny Ears nomli satirik pop-madaniyat mavzularni oʻz ichiga olgan web-sayt va podkastining noshiri hamda bosh ijrochi direktori (BID) dir.[4]

Filmografiyasi[tahrir]

Film[tahrir]

Yil Nomi Roli Izohlar
1988 Rocket Gibraltar Cy Blue Black
1989 See You in the Morning Billy Livingstone
Uncle Buck Miles Russell
1990 Jacob's Ladder Gabe Singer
Uyda yolgʻiz Kevin McCallister
1991 Only the Lonely Billy Muldoon
My Girl Thomas J. Sennett
1992 Uyda yolgʻiz 2 Kevin McCallister
1993 The Good Son Henry Evans
The Nutcracker The Nutcracker Prince
1994 Getting Even with Dad Timmy Gleason
The Pagemaster Richard Tyler
Richie Rich Richard „Richie“ Rich Jr.
2003 Party Monster Michael Alig
2004 Saved! Roland Stockard
2007 Sex and Breakfast James Fitz
2011 The Wrong Ferarri Himself
2015 Adam Green's Aladdin Ralph
2019 Changeland Ian

Televideniya[tahrir]

Yil Nomi Roli Izohlar
1985 The Midnight Hour Halloween Kid TV film
1988 The Equalizer Paul Gephardt Epizod: „Something Green“
1991 Wish Kid Nicholas McClary Ovoz bergan; 13 ta epizod
Saturday Night Live Oʻzi Epizod: Macaulay Culkin/Tin Machine
1994 Frasier Elliot Ovoz bergan; Epizod: Seat of Power
2003 Will & Grace Jason „JT“ Towne Epizod: May Divorce Be with You
2004 Foster Hall Clark Hall Uchuvchi
2005-2010 Robot Chicken Bastian Bux
Kevin McCallister
Billy
Kid
Ovoz bergan; 5 ta epizod
2009 Kings Andrew Cross 5 ta epizod
2015-2016 The Jim Gaffigan Show Oʻzi 8 ta epizod
2019 Dollface Dan Hackett Epizod: History Buff[5][6]
2020 The Eric Andre Show Oʻzi Epizod: You Got Served
2021 American Horror Story: Double Feature Andoza:TableTBA Kelasi mavsum

Manbalar[tahrir]

  1. „Do You Know Macaulay Culkin's Middle Name? Because He's Changed It to Something Else Entirely“. Newsweek. Dev Pragad (6 May). Qaraldi: 20-avgust, 2020.
  2. Gliatto, Tom „Running Away with the Box Office by Staying Home Alone, Macaulay Culkin Is Hollywood's Newest Little Big Man“. People (17-dekabr, 1990). 15-May 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-fevral, 2010.
  3. „The Greatest: 100 Greatest Kid Stars (20 - 1)“. VH1.com<!. 27-avgust, 2005da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-sentabr, 2020.
  4. Jensen, Erin. „Macaulay Culkin to legally change middle name to something totally outrageous“, USA Today (29-noyabr, 2018).
  5. „Macaulay Culkin - Rotten Tomatoes“. www.rottentomatoes.com.
  6. „Macaulay Culkin | TV Guide“. TVGuide.com.

Havolalar[tahrir]