Maadi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Maadi — eneolit davriga oid qadimgi dehqonchilik manzilgohi (miloddan avvalgi 4ming yillikning 2-yarmi). Qohira (Misr) yaqinidan topilgan. 20-asrning 30-yillarida tekshirilgan. Maadidan burdoy, arpa qoldiqlari, kanakunjut donlari (kanakunjut moyi olingan), uy va yovvoyi hayvonlar, baliq suyaklari, mis va tosh qurollar, sopol idishlar, yorgʻuchoqlar, taqinchoqlar topilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Maadi" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil