M 53 (yulduzlar to‘dasi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
M 53 sharli to'plam
Maʼlumot
Yulduz turkumi Veronika sochlari
Obyekt turi Sharli to'plam
Joylashuvi
Davri J2000.0
Ixtirochi Iogann Bode
Ishoratlar
SIMBAD [1] NGC[1] maʼlumotlari
NASA/IPAC [1] NGC[1] maʼlumotlari
Shuningdek qarang: Galaktika, Galaktikalar roʻyxati

M 53 sharsimon yulduzlar toʻdasi (shuningdek, fanda Messier Object 53, GCL 22 yoki NGC 5024 nomlari bilan qayd etiladi) Koma Berenis yulduzlar turkumidagi shar shaklidagi toʻda hisoblanadi.

Kashfiyot tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yulduzlar toʻdasi 1775-yilda Iogann Bode tomonidan tomonidan kashf etilgan.

Qiziqarli xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

M 53 Galaktika markazidan eng uzoqda joylashgan toʻdalardan biri boʻlib, taxm. 60 000 yorugʻlik yili masofada va Quyosh tizimidan ham salkam shuncha masofada, yaʼni 58 ming yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan.

Kuzatish usuli[tahrir | manbasini tahrirlash]

M 53 sharsimon toʻdasi Koma Bereniks yulduz turkumida joylashgan.

M 53 — sharsimon yulduzlar toʻdasini bahor osmonida oddiy durbin yoki teleskopda topish qiyin emas. Buning uchun optik qurilmani unchalik yorqin boʻlmagan α Koma Bereniksining shimoli-sharqiy tomoniga yoʻnaltirish kerak. Oʻrtacha havaskor teleskop yordamida qaralganda ham Messier katalogidagi eng uzoqda joylashgan sharsimon toʻda yulduzlari tiniqlashmaydi va juda yorqin markaz (yadro) hamda periferiyada yorqinligi asta-sekin pasayuvchi kichik tumanli shar shaklida koʻrinadi. 250-300 mm diafragmali optik qurilmalardan boshlab, halo 13,5 m dan katta yulduzchalar bilan tiniqlasha boshlaydi.

M 53 dan 10 burchak daqiqasi janubda 9m yulduzlar juftligini koʻrish mumkin. Janubi-sharqdagi darajada esa eng sirli sharsimon yulduzlar toʻdalaridan biri NGC 5053 ni koʻrsa boʻladi. Garchi u M 53 ga yaqin joylashgan boʻlsa-da, yulduzlari oʻta kamligi bois deyarli sezilmaydi. NGC 5053 — kuzatuvchining koʻrish qobiliyatini va qurilma imkoniyatlarini sinab koʻrish uchun uzoq fazoning ajoyib „sportchi“ jismidir.

Messier katalogi boʻyicha qoʻshnilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • M 64 — (5 daraja shimoli-gʻarbda, 35 Com yulduzi yaqinida) mashhur Qora Koʻz galaktikasi;
  • M 85, M 100 va M 88 — (gʻarbda) Virgodagi galaktikalar klasterining shimoliy periferiyasi;
  • M 60, M 59, M 58, M 89 va M 90 — (janubiy gʻarbda) Virgodagi galaktika klasterlarining sharqiy qismi

= "Messier Marafoni"dagi kuzatishlar ketma-ketligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

… M 106 → M 3M 53 → M 64 → M 85 …

Tasvirlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Harris W. E. A catalog of parameters for globular clusters in the Milky Way (англ.) // Astron. J. / J. G. III, E. Vishniac — IOP Publishing, American Astronomical Society, University of Chicago Press, AIP, 1996. — Vol. 112, Iss. 4. — P. 1487. — ISSN 0004-6256; 1538-3881 — doi:10.1086/118116