Kontent qismiga oʻtish

Mütercim Mehmed Rüşdi Paşa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mehmet Rüşdi Pasha
Mutercim Rüşdi Pasha
Usmonli turklar sadri a'zami
Mansab davri
1878-yil 28-may – 1878-yil 4-iyun
Hukmdor Abdulhamid II
Oʻtmishdoshi Mehmed Sadık Paşa
Vorisi Mehmed Esad Safvet Paşa
Usmonli turklar sadri a'zami
Mansab davri
1876-yil 2-may – 1876-yil 19-dekabr
Hukmdor
  • Abdulaziz
  • Murod V
  • Abdulhamid II
Oʻtmishdoshi Mahmud Nedim Paşa
Vorisi Midhat Paşa
Usmonli turklar sadri a'zami
Mansab davri
1872-yil 19-oktabr – 1873-yil 15-mart
Hukmdor Abdulaziz
Oʻtmishdoshi Mithat Paşa
Vorisi Ahmed Esad Paşa
Usmonli turklar sadri a'zami
Mansab davri
1866-yil 5-iyun – 1867-yil 11-fevral
Hukmdor Abdulaziz
Oʻtmishdoshi Keçecizade Fuat Paşa
Vorisi Kıbrıslı Mehmed Emin Paşa
Usmonli turklar sadri a'zami
Mansab davri
1859-yil 24-dekabr – 1860-yil 27-may
Hukmdor Abdulmejit
Oʻtmishdoshi Kıbrıslı Mehmed Emin Paşa
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1811-yil
Ayanjik, Usmonli imperiyasi
Vafoti 1882-yil 27-mart
Manisa, Usmonli imperiyasi
Oʻlim sababi kasallik
Fuqaroligi Usmonli imperiyasi

Mehmed Rüşdi Paşa (talaf. Mehmed Rushdi Posho yoki Muterjim Rushdi Posho, 1811, Ayanjik — 27.3.1882, Manisa) — Usmonli islohotchi va davlat arbobi. U besh marta Usmonlilar imperiyasining bosh vaziri boʻlgan. Undan oldin Midhat Posho sadr vaziri boʻlgan edi. Mehmed Rushdi Posho Tanzimatning ashaddiy tarafdori edi. Uning fikricha, imperiya oʻzini modernizatsiya qilishga urinmasa, Gʻarbdan orqada qoladi deb hisoblardi. Rushdi posho yoshligida harbiy matnlar tarjimoni, shuningdek, harbiy polkovnik boʻlib xizmat qilgan. Posho 1811-yilda Ayanjikda tugʻilgan va 1882-yil 27-martda Manisada vafot etgan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muterjim Rushdi Posho 1811-yili Ayanjik shahrida kambagʻal qayiqchi oilasida tugʻilgan. U uch yoshga toʻlganda, uning oilasi taxminan 1814-yillarda Istanbulga koʻchib oʻtdi. Istanbulda Rushdi Posho mahalliy maktab tizimida oʻqidi. Yoshi ulgʻaygach, uni harbiy xizmatga olishdi va Lord Tanase ismli odam qoʻlida tahsil oldi. Lord Tanase rahbarligida u fransuz tilida yozish va gapirish qobiliyatini egalladi. Rushdi posho sulton Abdulhamidning nazariga tushdi. Sulton Abdulhamid Rushdi Poshoga Usmonlilar Imperiyasidagi eng yaxshi tarjimonlar bilan ishlash uchun tarjimonlik lavozimiga tayinladi. Rushdi oʻz tarjimalari bilan imperiyada juda mashhur boʻldi. Uning tarjima qilingan eng muhim ikkita matni fransuz harbiy taktikasi va harbiy tayyorgarlik boʻyicha qoʻllanmalar edi. Ushbu tarjimalardan soʻng u yana bir marta koʻtarildi va koʻproq gʻarb asarlarini oʻrganish va tarjima qilish uchun Angliyaga yuborildi. Rushdiy islohotchi hamkasblariga oʻxshash gʻarb gʻoyalariga muxlis edi. Bu esa keyinchalik Tanzimat islohotlariga turtki beradi.

Harbiy martaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

1839-yilda 28 yoshida unga polkovnik unvoni berilgan. Rushdi posho harbiy faoliyatini davom ettirib 1843-yilda harbiy kengashda rahbar boʻldi. U 1853-yilda 42 yoshida oʻz lavozimidan isteʼfoga chiqqunga qadar harbiy sohaga oʻz isteʼdodini qoʻshishda davom etdi. U Damashq gubernatorligiga nomzod boʻldi. Lekin Rushdiy Posho bu lavozimni rad etdi. U hatto Mehmed Ali Posho bilan hamkorlik qilmaslik uchun boshqa davlat lavozimlaridan ham voz kechdi[1].

Birinchi muddat[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Abdulmejid I hukmronligi davrida: 1859-yil 24-dekabr — 1860-yil 28-may

1859-yil 24-dekabrda Muterjim Rushdi Posho birinchi marta Sulton Abdulmejit boshchiligida Usmonli Imperiyasining Buyuk sadr vaziri etib tayinlandi. Rushdi Posho doimiy ravishda Usmonli hukumati siyosati bilan bogʻliq boʻlgan ichki nizolarda qatnashgan. Rushdi Posho bilan Mehmed Posho hamda boshqa amaldorlar oʻrtasida munosabatlar Rushdi Poshoning oʻz sadr vazirlik lavozimini uzoq vaqt ushlab turishini qiyinlashtirdi va 1860-yil 28-mayda lavozimidan boʻshatildi. Uning munozarali qarashlari va kuchli boʻlishi Usmonli Imperiyasining Sadri aʻzam vaziri sifatida davlatni boshqarishiga olib keladi. Usmonli Imperiyasining Sadr Vaziri sifatidagi birinchi mashaqqatli xizmatidan soʻng, Rushdi posho 1860-yilda Berlinga sayohat qildi. Berlinga tashrif buyurganidan koʻp oʻtmay u Parijga ham bordi va hatto boshqa Yevropa mamlakatlarini ham kezib chiqdi. 1861-yilda Rushdi Posho Istanbulga qaytib keldi[2].

Ikkinchi muddat[tahrir | manbasini tahrirlash]

2. Abdulaziz hukmronligi davrida: 1866-yil 5-iyun — 1867-yil 11-fevral

1866-yilning 5-iyunida Rushdi Posho hukumatdagi islohotchilarning qarshiliklariga qaramay, oʻz faoliyatida ikkinchi marta Usmonli imperiyasining bosh vaziri etib tayinlandi. Rushdiy hukumatdagi raqiblarini ulugʻ vazirlik uchun magʻlub etgan boʻlsa ham, islohotga boʻlgan ichki qarshilik 1867-yil 11-fevralda ikkinchi marta vazirlikdan chetlatilishiga olib keldi.

Uchinchi muddat[tahrir | manbasini tahrirlash]

3. Abdulaziz hukmronligi davrida: 1872-yil 19-oktyabr — 1873-yil 15-mart.

1872-yil 19-oktabrda Sulton Abdulaziz oʻzining siyosiy yoʻnaltirilgan faoliyatida uchinchi marta Rushdi poshoni vazir etib tayinladi. Bu muddat nisbatan qisqa-atigi toʻrt oy davom etdi. Rushdi Posho islohotchi nuqtayi nazari tufayli yana bir marta chetlatildi. Bu davrda imperiya ichida qoʻzgʻolonlar avj olgan edi. Talabalar islohotchilik gʻoyalarini targʻib qilib, namoyishlar oʻtkazdilar. Ijtimoiy tartibsizliklar Rushdi Poshoning 1876-yil 12-mayda yana Usmonli Imperiyasining Sadr Vaziri etib tayinlanishiga olib keldi. Bu islohotchilarni tinchlantirish va tartibsizliklarni barqarorlashtirish uchun qilingan. Ammo bu Sulton Abdulazizni qutqara olmadi, u 1876-yil 30-mayda vazirlari tomonidan oʻldirildi. Sultonning oʻldirilishi oʻz joniga qasd qilish sifatida baholandi.

Usmonli sadr aʼzami nishoni

Toʻrtinchi davr[tahrir | manbasini tahrirlash]

4. Murat V va Abdulhamid II hukmronligi davrida: 1876-yil 12-may — 1876-yil 19-dekabr

Abdulaziz hukmronligidan soʻng Usmonli imperiyasi amaldorlari Murod V ni yangi sulton etib tayinladilar. Sulton Murod V yosh edi va Tanzimat islohotlari gʻoyalarining kuchli taʼsiri ostida edi. Sulton Murod V ga fransuz va boshqa Gʻarb madaniyatlari ham katta taʼsir koʻrsatgan. Rushdi posho sulton Murod V davrida Sadr vazir sifatida xizmat qilishda davom etdi. Sulton Murod V davlatni boshqarishda konstitutsiyani qabul qilishi kerak edi. Ammo Rushdi Poshoning yordami bilan ham Murod V islohotlar oʻtkaza olmadi va uning oʻrniga uning ukasi Sulton Abdulhamid II tayinlandi. Abdulhamid II ga Rushdi Posho yoqmagan. Rushdi posho Abdulhamid II ning hukumat ishlariga eʼtibor bermasligiga rozi boʻlmadi. Rushdi posho 1876-yil 19-dekabrda 65 yoshida Sulton Abdulhamid II ga toqat qilolmagani uchun sadr vazirligidan isteʼfoga chiqdi. Abdulhamid II hokimiyatni markazlashtirdi va Rushdi posho amalga oshirilgan islohotlarni olib tashladi. Abdulhamid II hokimiyatni hukumatdan tortib oldi va konstitutsiyani qabul qilinishini toʻxtatdi.

Beshinchi muddat va vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

5. Abdul Hamid II hukmronligi davrida: 1878-yil 28-may — 1878-yil 4-iyun.

Rushdi Posho 1878-yil 28-mayda beshinchi va oxirgi muddatga tayinlandi. U darhol sobiq sulton Abdulazizning yaqinda oʻldirilgan suiqasdi yuzasidan taftish qilishni boshladi. Bir necha ayblovlar qoʻyib, suiqasd boʻyicha tergovni davom ettirgach, bir haftadan soʻng lavozimidan chetlashtirildi. Oʻz ayblovlarini eʼlon qilgandan soʻng, u Usmonli imperiyasi sudi tomonidan sudlangan. Sulton Abdulhamid II Rushdi Poshoni bir umrlik surgunga hukm qildi. Muterjim Rushdi posho 1882-yilning 27-martida surgunga hukm qilinganidan koʻp oʻtmay Manisada asab tizimidagi kasallikdan vafot etdi. Jasadi Hatuniye masjidi bogʻiga dafn qilindi[3].

Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
Mehmed Sadık Posho
Usmoniylar sadri a'zami
1878-yil 28-may — 1878-yil 4-iyun
Vorisi:
Mehmed Esad Safvet posho
Oʻtmishdoshi:
Mahmud Nedim Posho
Usmoniylar sadri a'zami
1876-yil 2-may — 1876-yil 19-dekabr
Vorisi:
Midhat Posho
Oʻtmishdoshi:
Mithat Posho
Usmoniylar sadri a'zami
1872-yil 19-oktabr — 1873-yil 15-mart
Vorisi:
Ahmed Esad Posho
Oʻtmishdoshi:
Keçecizade Fuat Posho
Usmoniylar sadri a'zami
1866-yil 5-iyun — 1867-yil 11-fevral
Vorisi:
Mehmed Emin Âli Posho
Oʻtmishdoshi:
Kıbrıslı Mehmed Emin Posho
Usmoniylar sadri a'zami
1859-yil 24-dekabr — 1860-yil 27-may
Vorisi:
Kıbrıslı Mehmed Emin Posho

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Buz, Ayhan (2009) „ Osmanlı Sadrazamları“, İstanbul: Neden Kitap, ISBN 978-975-254-278-5
  • Danișmend, İsmail Hâmi (1971),Osmanlı Devlet Erkâni, İstanbul: Türkiye Yayınevi
  • Kuneralp, Sinan (1999) Son Dönem Osmanlı Erkan ve Ricali (1839 — 1922) Prosopografik Rehber, İstanbul:ISIS Press,, ISBN 9784281181.
  • İnal, İbnülemin Mehmet Kemal, (1964) Son Sadrazamlar 4 cilt, Ankara: Millî Eğitim Basimevi, (Dergah Yayinevi 2002)
  • Tektaş, Nazim (2002), Sadrâzamlar Osmanlı'da İkinci Adam Saltanatı, İstanbul:Çatı Yayınevi

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

http://www.bizimsahife.org/Kutuphane/Osmanli_Tarihi_Ans/Osmanli_Tarihi_M/389_Mutercim_Rusdi_Pasa.htm (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan)

http://rulers.org/rult.html#turkey

http://www.ayancuk.com/tarih/index_5.html (Wayback Machine saytida 2016-03-05 sanasida arxivlangan)

http://shelf3d.com/i/Mehmed%20Rushdi%20Pasha