Kontent qismiga oʻtish

Márta Sebestyén

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Márta Sebestyén

Márta Sebestyén 2010-yilda
Tavalludi 1957-yil 19-avgust
Fuqaroligi Mojariston
Taʼlimi Miklós Radnóti grammatika maktabi
Kasbi xonanda, kompozitor, aktrisa

Márta Sebestyén (vengercha: [ˈmaːrtɒ ˈʃɛbɛʃceːn] ; 1957-yil 19 avgustda tugʻilgan) – Vengriya xalq qoʻshiqchisi, bastakor va aktrisa[1].

Yoshlik davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Márta Sebestyén 1957-yil 19-avgustda Vengriyaning Budapesht shahrida dunyoga kelgan[1]. Onasi ham bastakor boʻlib, Zoltán Kodályning shogirdi boʻlgan. Otasi esa iqtisodchi va yozuvchi boʻlgan. Sebestyén Budapeshtdagi Miklós Radnóti grammatika maktabida tahsil olgan.

Márta Sebestyén Vengriyaning Muzsikás folklor guruhining asoschisi. Somogy va Erdély xalq qoʻshiqlarini yangilab, ularning baʼzilarini Deep Forestning „Boheme“ albomiga moslashtirgan, ushbu albom 1995-yilda Grammy mukofotining „Eng yaxshi dunyo musiqasi albomi“ nominatsiyasini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Sebestyén hind, yahudiy, serb, bolgar hamda slovak xalq qoʻshiqlarini ham anʼanaviy venger uslubiga moslashtirgan. Ijodkor 1993-yilda Towering Inferno (Richard Wolfson va Andy Saunders) tomonidan chiqarilgan „Kaddish“ albomi uchun ham qoʻshiq kuylagan va materiallar taqdim etgan. Shuningdek, sanʼatkor 2008-yilda chiqarilgan Big Blue Ball albomida „Rivers“ qoʻshigʻini ijro etgan.

Sebestyénning Muzsikás guruhi bilan ijro etgan „Szerelem, szerelem“ (Sevgi, sevgi) qoʻshigʻidan 1996-yilda suratga olingan „The English Patient“ (Bemor ingliz, 1996) filmida foydalanilgan. Shuningdek, uning Muzsikás guruhi bilan yozgan „Teremtés“ (Yaratilish), „Hajnali nóta“ (Tonggi qoʻshiq) va „Fúvom az énekem“ (Qoʻshigʻimni kuylayman) nomli uchta qoʻshigʻi Yaponiyaning mashhur anime studiyasi Studio Ghibli tomonidan 1991-yilda ishlangan „Only Yesterday“ (Faqat kecha) filmida yangragan[2]. 1989-yilda Costa-Gavras tomonidan suratga olingan „Music Box“ filmida esa ijodkorning „Mária altatója“ qoʻshigʻining kirish qismidan foydalanilgan.