Lyunet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lyunet (frans, lunette), lyunetta — 1) meʼmorlikda — gumbaz yoki devor (eshik tepasi)dagi ravoqsimon darcha. L. xonani shamollatish uchun oynavandli qilinadi; oddiy ravoqsimon hoshiya, baʼzan naqsh va haykallar bilan bezatiladi; 2) mashinasozlikda — stanokda ishlov beriladigan uzun, ingichka zagotovkalarni qoʻshimcha ushlab turadigan qurilma. Bunday L. zagotovkani oʻz ogirligi va keskichning bosimi taʼsirida egilishidan hamda titrashdan saqlaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil