Lyuminessent lampa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lyuminessent lampa - ishi Lyumines sinsiya hodisasiga asoslangan lampa; Gaz-Zaryadli yorugʻlik manbai. Ichki devoriga Lyuminoforlar qatlami surkalgan, ichiga Inert gazlari (argon, geliy va boshqalar) va Metallar (maye. simob) bugʻi toʻldirilgan shisha naychadan iborat. Elektr toki oʻtganda lampada elektr razryad vujudga keladi. Ultrabinafsha nurlar taʼsirida metall atomlari, soʻngra lyuminofor yorug'lik socha boshlaydi. Lampaning yorug'ligi tabiiy yorugʻlikka yaqin boʻliish uchun lyuminoforlar tanlanadi. Simobli lampalar shunday turga yaqin boʻladi. Lyuminessent lampaning ishlash muddati Choʻgʻlanma lampalarga qaraganda ancha yuqori boʻladi. Xonalar, koʻchalarni yoritishda, Nusxa koʻchirish qurilmasida va boshqalarda ishlatiladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil