Lyuksemburg ayollar 1-ligasi
| Davlat |
|
|---|---|
| Konfederatsiya | UEFA |
| Futbol tizimidagi darajasi | 1-darajali |
| Tashkil etilgan | 1972-yilda |
| Jamoalar soni | 12 ta |
| Ichki kuboklar | Lyuksemburg Ayollar Kubogi |
| Xalqaro musobaqalar | UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi |
| Amaldagi chempion | SC Bettembourg (2-marta) |
| Eng koʻp marta chempion | FC Progrès Niedercorn (16 marta) |
| Veb-sayt | Official |
Lyuksemburg ayollar 1-ligasi (Lyuksemburg tilida: Dames Ligue 1) Lyuksemburgning ayollar futboli boʻyicha eng yuqori darajadagi ligadir.
Lyuksemburg ayollar 1-ligasida yillar davomida (odatda sakkiz yoki oʻnta) jamoalar soni har xil boʻlgan va 2019-2020-yilgi mavsumda Lyuksemburg ayollar 1-ligasida chempionni aniqlash uchun bir-biri bilan ikki marta oʻynaydigan (uy va safar uchrashuvlari)12 jamoa mavjud edi.
Lyuksemburg ayollar 1-ligasining chempioni UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi. Lekin Lyuksemburg ayollar 1-ligasiga berilgan bu imkoniyatdan har doim ham unumli foydalanilmagan. Lyuksemburg jamoasi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasiga kirgan birinchi mavsumda, 2001-2002-yillarida, Lyuksemburg ayollar 1-ligasi gʻolibi Progrès Niderkorn jamoasi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasidagi 3 oʻyinni 0 ochko va 0-32 gol hisobidagi ayanchli koʻrsatkich bilan yakunlagan edi.
Progrès Niederkorn jamoasi 2011-2012-yillardagi mavsumda ham UEFA Ayollar Chempionlar Ligasiga yoʻllanma oldi. UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi oʻyinlarida Jeunesse Junglinster jamoasi 2015-2016-yilgi mavsumda Lyuksemburg ayollar 1-ligasi nomidan ishtirok etdi. 2017-2018 va 2019-2020-yilgi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida Lyuksemburg ayollar 1-ligasi sharafini SC Bettembourg jamoasi himoya qildi.
2022-2023-yilgi mavsum jamoalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-2023-yilgi mavsumda Lyuksemburg ayollar 1-ligasida quyidagi 12 ta jamoa kurash olib boradi[1].
- SC Bettembourg
- FC Blo Wäiss Izeg
- SC Ell
- Entente Differdingen-Luna
- Jeunesse Junglinster
- FC Mamer
- Racing
- FC Red Black/Egalité 07 Pfaffenthal-Weimerskirch
- Union Mertert
- Wincrange-Wiltz
- Wormeldange-Munsbach-CSG
- FCM Young Boys
Lyuksemburg ayollar 1-ligasi chempion jamoalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lyuksemburg ayollar 1-ligasining barcha chempion jamoalari roʻyxati[2].
| Mavsum | Chempion jamoa |
|---|---|
| 1972-1973 | FC Atert Bissen |
| 1973-1974 | FC Atert Bissen |
| 1974-1975 | Progrès Niederkorn |
| 1975-1976 | FC Mondercange |
| 1976-1977 | Progrès Niederkorn |
| 1977-1978 | Progrès Niederkorn |
| 1978-1979 to 1983-1984 |
Liga oʻtkazilmagan |
| 1984-1985 | Progrès Niederkorn |
| 1985-1986 | Progrès Niederkorn |
| 1986-1987 | Progrès Niederkorn |
| 1987-1988 | Progrès Niederkorn |
| 1988-1989 | Progrès Niederkorn |
| 1989-1990 dan
1997-yilgacha |
Liga oʻtkazilmagan |
| 1997-1998 | F91 Dudelange |
| 1998-1999 | Progrès Niederkorn |
| 1999-2000 | Progrès Niederkorn |
| 2000-2001 | Progrès Niederkorn |
| 2001-2002 | Progrès Niederkorn |
| 2002-2003 | Progrès Niederkorn |
| 2003-2004 | Progrès Niederkorn |
| 2004-2005 | Progrès Niederkorn |
| 2005-2006 | FC 32 Mamer |
| 2006-2007 | FC 32 Mamer |
| 2007-2008 | FC 32 Mamer |
| 2008-2009 | FC 32 Mamer |
| 2009-2010 | Jeunesse Junglinster |
| 2010-2011 | Progrès Niederkorn |
| 2011-2012 | Jeunesse Junglinster |
| 2012-2013 | Jeunesse Junglinster |
| 2013-2014 | SC Ell |
| 2014-2015 | Jeunesse Junglinster[3] |
| 2015-2016 | Jeunesse Junglinster |
| 2016-2017[4] | SC Bettembourg |
| 2017-2018[5] | Jeunesse Junglinster |
| 2018-209[6] | SC Bettembourg |
Chempion jamoalar reytingi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Reyting | Chempionlik soni | Jamoa |
|---|---|---|
| 1 | 16 | Progrès Niederkorn |
| 2 | 6 | Jeunesse Junglinster |
| 3 | 4 | FC 32 Mamer |
| 4 | 2 | FC Atert Bissen SC Bettembourg |
| 5 | 1 | F91 Dudelange FC Mondercange SC Ell |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Summary - Ligue 1 Women - Luxembourg - Results, fixtures, tables and news - Women Soccerway“. us.women.soccerway.com. Qaraldi: 2020-yil 6-fevral.
- ↑ Garin. „Luxembourg - List of Women Champions“. RSSSF. Qaraldi: 2018-yil 22-noyabr.
- ↑ „Football / Dames: Junglinster champion“ [Football / Women: Junglinster Champions] (fr). Luxembourg Wort. 2018-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-noyabr.
- ↑ „Bajnok az MTK Hungária FC! (GALÉRIA)“ (hu). mtk.hu (2017-yil 15-may). 2017-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-may.
- ↑ „Summary - Nöi NB I - Hungary - Results, fixtures, tables and news - Women Soccerway“. uk.women.soccerway.com. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Summary - Nöi NB I - Hungary - Results, fixtures, tables and news - Women Soccerway“. uk.women.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayt
- Liga uefa.com saytida
- Liga: women.soccerway.com saytida