Lyukarna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lyukarna (frans. lucarne, lot. lux — yorugʻ) — binolardagi gumbaz va ravoqlarning derazasi. Doyra, yarim doyra, toʻgʻri burchakli, koʻpburchakli, oval va boshqa shakllarda boʻladi. Asosan, ichkarini yorugʻlik bilan taʼminlash uchun, shuningdek, bezak sifatida quriladi. L. Oʻzbekistondagi 19—20-asrlarda Yevropa uslubida qurilgan binolar bezagida qoʻllanilgan (Toshkentdagi uy-joy qurilishi banki va boshqalar).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil