Lyuizit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Lyuizit (amerikalik kimyogar U. Lyuis nomi bilan atalgan) (J-xlorvinildixlorarsin, a-L.), ClCH=CHAsCl2 — rangsiz, hidsiz ogir suyuklik. Mol. m. 207.29. Qaynash temperaturasi 196,6°, suyuqlanish temperaturasi — 2,4°, zichligi 1879 kg/m3. Organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi. Xorijiy maʼlumotlarga kura, L. — zaharlovchi modda. Uning juda oz miqdori ham yuqori nafas yoʻllarini chidab boʻlmas darajada achishtiradi. 0,2—0,3 mg/sm2 dozasi terini qizartiradi va qattiq ogʻritadi. Terida paydo boʻlgan pufakchalar keyinchalik yaraga aylanadi. L .ning bugʻlari ham shunday taʼsir qiladi. Birinchi jahon urushi oxirida AQShda ishlab chiqarilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil